OChLIK QON TOMIRLARINI YoSh SAQLAYDI

OChLIK(PARHEZ) QON TOMIRLARINI YoSh SAQLAYDI
Biz AQSh yo’llarida sodir bo’lgan avtomobil halokatlarida qancha odam qalok bo’lganini eshitganimizda ruqiy larzaga tushamiz. Yil davomida 50 mingdan ziyod kishi qayotdan ko’z yumadi, yana bir necha million odam jiddiy jarohatlanib, bir umr nogiron bo’lib qoladi.

 

Aviahalokatlarda nobud bo’lgan kishilarni eshitib dahshatga tushamiz. Shuningdek, bizlarni butun dunyo bo’ylab harbiy harakatlarda qurbon bo’lgan haqidagi ma’lumotlar qo’rquv va hayajonga soladi. Ammo har soniyada kimningdir yurak xurujidan halok bo’layotgani hammasidan ham kuchli taassurot uyyutadi. Har ikki o’limning bittasi bu – yurak kasalliklarining natijasi. Yurak xastaligini “G’arb tsivilizatsiyasining ofati” deb bekorga aytishmaydi.
Milliy statistika xizmati 1965 yida yurak-qon tomirlari xastaliklari tufayli hayotdan ko’z yumgan 978 260 nafar kishi haqida ma’lumot e’lon qildi.
Dushman o’z qurbonini faqat keksa kishilar orasidan topmaydi. Buni isbotlash uchun Koreyadagi urushda halok bo’lgan 300 nafar yigitning jasadini yorib ko’rishdi. Natijada shu narsa aniqlandiki, 18-25 yoshdagi yoshlar 77,7 foizining nasli buzilgan va yurak qon tomirlari charchagan.
Yurak kasalliklari asta-sekin rivojlanadi. Arteriya qon tomirlari yomon holatga kelishi uchun ancha-muncha vaqt talab qilinadi. Bunga huyidagi omillarning uzoq vaqt davomidagi ta’siri imkoniyat yaratadi: tamaki chekish, spirtli ichimliklar, me’yordan ortiq yog’li ovqatlar, jumladan, go’shtning har xil turlari, tuxum va sut mahsulotlari, tozalangan moy va yog’lar iste’mol qilish.
Qon tomirlari xastaligining paydo bo’lishiga yordam beradigan boshqa omil bu — jismoniy faollikning etishmasligi hisoblanadi. Ba’zi holatlarda arteriyalarning yomon holati xavfli chegaraga etaklaydi, garchi bunday paytda qurbon bo’layotgan kishi xatarni payhamaydi. Shunahasi ham bo’ladiki, arteriyasi shikastlanganlarning 50 foizi buni mutlaqo sezmaydi.

Hatto zamonaviy uslublardan foydalangan holda tadqiqot o’tkazadigan tajribali mutaxassislar ham biron bir jiddiy nuhsonni aniqlay olmasliklari mumkin. Arteriyaning bekilib qolishini qo’zg’aydigan modda bu – xolesterin va to’kinxo’r to’qimalar hisoblanadi.

Qon tomirlarining bekilib qolishi asta-sekin ro’y beradi. Arteriyalarning ichki devorlari shu qadar torayib ketadiki, ular orqali etarli hajmdagi qon yurak mushaklarini oziqlantirish uchun oqib o’tolmaydi. Yurak qon tomirlari bilan bog’liq muammolarni arteriyalarning oralig’i sezilarli darajada qisqarganda aniqlash mumkin.
Arteriyalarning buzilishi erta yoshlardan boshlanib, qon tomirlarining asta-sekin eskirishi va torayishiga olib keladi. Shundan so’ng bemor kunlardan birida o’zining odatdagi ishi bilan mashg’ul bo’lgan holda kutilmaganda yurak xuruji oqibatida hayotdan ko’z yumadi.

Yoki eng yaxshi holatda bir umrga nogiron bo’lib qoladi. Shuning uchun ham har bir inson oxir-oqibatda o’z arteriyalarini yurak xuruji paydo qiladigan zararli moddalardan toza tutmog’i darkor. Shuningdek, umumiy ovqatlanish jarayonida kelib chiqadigan ohak laxtalari ham ozmuncha halokat keltirmaydi.
Odamlar o’z arteriyalari xavf-xatar tug’dirmaguncha ularning holatidan bexabar bo’lishadi. Hozircha og’riq paydo bo’lmagan ekan, ular o’zlarining odatdagi oziq-ovqatlarini iste’mol qilish va yaramas odatlarini saqlashda davom etishadi.
Sizning yoshingiz arteriyalar holati bilan o’lchanadi
Ijozatingiz bilan hammaga ma’lum gapni takrorlasam: sizning yoshingiz bu – arteriyalaringiz holatining ko’rsatkichi. Tomirlarga zararli moddalar tiqilib qolishi agar
yurak-qon tomirlari xastaligiga chalingan insonda ko’pincha erta yoshdan boshlanib, taxmian 55 yoshgacha asta-sekin rivo- jlanishi mumkin.
Men yurak-qon tomirlari xastaliklarida ochlik(parhez) davolash vositasi bo’ladi degan fikrdan mutlaqo yiroqman. Ochlik(parhez) bu — ogohlantirish chorasi. Nega deganda, men ushbu kitobda har doim aytamanki, u – ichki poklovchi hisoblanadi.

U tomirlarimizning toza saqlanishi va yurak qonni erkin qabul qilishiga yordamlashadi.
Qon tomirlar tizimi orqali butun organizm bo’ylab ozuqa moddalari etkazib beradi. Shuning uchun ham qon aylanishi muntazam bir maromda va barqaror bo’lishi kerak. Agar qon oqimi organizmning biron bir qismida daqiqaning bir ulushida to’xtab rlsa, biz kuchli zarbani his etamiz.

Agar bunday holat insonning ko’z qismida yuz bersa, unda qon quyulishi sodir bo’lib, bu ko’pincha ko’zi ojizlikka olib keladi. Arteriya organizmimizning hamma qismini qon bilan ta’minlab turishi uchun uning yo’lida hech bir to’siq bo’lmasligi shart.
Hozir ba’zi-ba’zida shunday yoshi ulug’ erkak va ayollar uchrab turadiki, ular 70-80, hatto 90 yoshda bo’lishlariga qaramay mutlaqo toza va egiluvchan arteriyalarga ega. Eshlari bir joyga borgan bo’lsa-da, navqiron, shuning uchun ham ularning tomirlari cho’ziluvchan va harakatchan. Agar bu kishilarning organizmlari yaxshi ishlasa va zaharlardan xoli bo’lsa, nima uchun ular yana ko’p-ko’p yillar yashamasin?
Muqaddas kitoblarda yozilganidek, butun dunyoni suv bosishi oldidan ba’zi odamlarning yoshi 900 yilga qadar etgan. Biz hozir bunday dalillarni eshitib kulamiz va bu odamlar yashagan yillarini o’zlariga xos usulda hisoblagan deb o’ylaymiz. Ammo biz bu borada qanday qilib qat’iy hukm chiqarishimiz mumkin? Nega deganda, eqtimol, o’sha davr odamlari qanday ovqatlanish va yashash kerakliginy, o’z tomirlarini qanday qilib ajoyib qolatda saqlashni yaxshi bilishgan. Agar tomirlar o’z ishini to’g’ri va samarali bajarsa, butun organyzm ham faoliyatini uyg’un holda saqlaydi.
Qachonki biz biroi bir odamni keksayapti desak, bu faqat bir narsani anglatadi: u o’z arteriyalarini navqiron va egiluvchan saqlash uchun qanday yashash va ovqatlanish kerakligini bilmaydi. Shikastlangan arteriya o’z vazifasini to’g’ri bajarmas ekan, unda qon tananing hamma qismlariga etarli miqdorda etib bormaydi va odamlar kuch-quvvatdan qolgan, kasalmand va parishonxotir bo’lib qolishadi. Ular asta-sekinlik bilan o’limga harab borishadi, nega deganda, ularning tanasi va miyasi qon bilan yomon ta’minlanadi.
Agar biz ochlik(parhez)ka amal qilsak, organizmning hamma hayotiy kuchi ichki poklanish va tomirlar faoliyati uchun sarflanadi. Mana shuning uchun o’n kunlik ochlik(parhez)dan so’ng butun tanada tez-tez engillik paydo bo’ladi, aql o’tkirlashib, yanada ta’sirchanlashadi va xotira mustahkam bo’ladi. Jismoniy faollik uchun ulkan ehtiyoj yuzaga keladi.
Men ochlik(parhez)ka amal qilish va tabiiy ovqatlanish Dasturlarini uyg’unlashtirib, ular yordamida yuragimiz umrini uzaytirishimiz mumkin deb hisoblayman. Sababi, ushbu Dasturlarga amal qilinganda arteriyalarda tiqilib qolgan moddalar chiqarib yuboriladi.
Biz sog’liq uchun hal qiluvchi jangda g’alaba qozonishni istar ekanmiz, o’z tomirlarimizni hayotning kaliti deb bilishimiz kerak.
Siz qachonki har kuni yog’li go’sht iste’mol qilar ekansiz, sodda qilib aytganda, siz o’z organizmingizda zahar to’playsiz va buning uchun to’lash kerak bo’ladi. Inson organizmi uchun yog’ juda oz miqdorda bo’lsa ham etadi. Biz esa har kuni yog’li ovqatlarni faol iste’mol hilamiz.

Natijada yurak-qon tomir xastaligiga duchor bo’lganlar ro’yxatini boshqaramiz. Bu sabablardan biri: men shuning uchun ham nonushtadan voz kecqishni taklif qilaman. Ko’rinishidan yosh va sog’lom juda ko’p erkak va ayollarni bilaman, ular har kuni ergalab nonushtaga vetchina, tuxum, buterbrod, kartoshka iste’mol qilish va qaymoqli qahva icqishga o’rganishgan.

Ammo yana shuni bilamanki, mana shu tashqi ko’rinishidan sog’lom kishilar yurak xurujining qurboniga aylanishdi. Ulardan birini yurak xuruji habrga olib ketdi, ikkinchisini esa bir umrga nogiron qilib ho’ydi. Sizning yog’li ovqatlarni iste’mol qilishingizning sababi: shunday bo’lishi kerak deb o’ylaysiz, aslida esa o’z organizmingiz fiziologiyasini bilmaslik xa- tongizni anglamaysiz. Qisha qilib aytganda, ovqat iste’mol qilish builm demakdir.
Siz ushbu kitobdagi dasturga amal qilish oldidan yurak xastaliklari bo’yicha malakali mutaxassisdan maslahat oling. U sizga qon tomirlari va yuragingizning ahvoli haqida ma’lumot bersin. Qon bosimi va tomir urishini tekshirtirib ko’ring, so’ngra yil davomida parhez va ochlikka amal qiling. Shundan keyin yana shifokor huzurida bo’ling. Ishonchim komil: u sizning organizmingizda mo’’jiza yuz berganini aytadi.
To’qqiz shifokor – sizning xizmatingizda
Tabiat ato etgan to’qqiz shifokor sizning a’lo darajadagi sog’lig’ingizni ta’min etishga har doim yordam beradi. Ular yuz foizlik muvaffahiyatni kafolatlaydi. Ular mijozlarga hech qachon yomonlik keltirishmaydi, garchi mijoz ularning foydasini tushunmasdan ko’p qollarda e’tiborsiz qoldiradi. Ammo bu shifokorlarga mijoz ularga murojaat hilayaptimi-yo’qmi ahamiyati yo’q. Ularning bilimlari hamma uchun ochiq: bu — yoshmi-qarimi, boymi-faqirmi, ular hech qachon jarrohlik qilishmaydi, hatto eng so’nggi paytlar urf bo’lgan dori-darmonlarni ham tavsiya etishmaydi,
Hammamiz bu shifokorlar bilan tanishmiz. Ammo men sizning ularga tez-tez murojaat qilib turishingizni istardim. Ular sizning sog’lom va uzoq yashashga, shuningdek, abadiy yoshlik deb atalmish favqulodda yoqimli holatga intilishlaringizga yordam berishga tayyor.
Dastavval Er yuzidagi eng mashqur va hudratli, hammaga hayot baxsh etuvchi buyuk tabibni tanishtirishni istardim.

(Visited 632 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!