Ochlik bilan uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

ochlik bilan

Ochlik bilan uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

 

Ochlik — organizmning ovqatga bo’lgan ehtiyojini ifoda etuvchi o’ziga xos fiziologik holat. Bunda to’sh ostida achishish, bosim, ba’zan ko’ngil behuzur bo’lishi, bosh aylanishi va bosh og’rig’i kuzatiladi, shuningdek, me’da-ichak mushaklarining toliqmay, uzoq vaqt qo’zg’alish holati oshadi, qonda oziq moddalar miqdori kamayib ketadi.

Och qolish — organizmga oziq moddalarning butunlay yoki etarlicha tushmasligi yoki tuzuk o’zlashtirilmasligi sababli ro’y beradigan holat. Och qolish sifatsiz ovqat iste’mol qilganda yoki organizm biror sababga ko’ra ovqatni singdira olmaganda ham vujudga keladi.
Odamda och qolish patologik hodisa bo’lib, ovqat emaganda, eyilgan ovqat hazm bo’lmaganda (masalan, me’da-ichak kasalliklarida) yoki sifatsiz ovqat eyilganda ro’y beradi.

Och qolish ayniqsa, bolalar uchun zararli, bunday bolalar jismonan va aqlan yaxshi rivojlanmay qoladilar. To’liq, mutlaqo va chala och qolish farq qilinadi. Bundan tashqari, ayrim oziq moddalarning organizmga etarlicha tushmasligi juz’iy och qolish deb yuritiladi. To’liq va mutlaqo och qolishda gavdadagi zahira oziq moddalar hisobiga organizm bir muddat yashab turadi. Odam uchun to’liq och qolishning chegarasi 60-70 kun (mutlaqo och qolishda bir necha kun). Ayollar och qolishga bolalar va keksalarga nisbatan chidamliroq bo’lishadi.

To’liq och qolish uch davrga bo’linadi. Birinchi davr (organizmning dastlabki moslashuvi) 2-4 kun bo’lib, ochlik hissi ko’proq seziladi. Dastlabki kunlarda gavda vazni kamayadi. Ikkinchi davr (organizmning och qolishga moslashuvi)da ozroq davom etadi, ochlik hissi kamayadi, ishtaha yo’qoladi, til karash bog’laydi, og’izdan va teridan atseton hidi keladi. Organizmda suv oz to’planadi. Uchinchi davr 5-7 kun davom etadi, unda markaziy asab tizimi faoliyati keskin susayadi. Ishtaha yo’qoladi, darmon quriydi, bemor chuqur koma holatiga tushadi.

Ovqatda oqsillar etishmasligi tufayli kishi och qolganda (to’la, mutlaqo, chala) ayrim a’zolarning faoliyati, moddalar almashinuvi, suv almashinuvi va boshqalar buziladi. Ichki sekretsiya bezlari, yurak va nafas faoliyati o’zgaradi, vitaminlar etishmasligi kuzatiladi.
Yog’ bosishi, ba’zan esa moddalar almashinuvining buzilishiga aloqador bo’lgan boshqa kasalliklar (revmatizm, podagra, qandli diabet, ateroskleroz, jigar, buyrak, me’da-ichak kasalliklari va boshqalar)ni davolash maqsadida to’liq va juz’iy och qolish tatbiqetiladi. «Ochlik — bu mo’’jiza», hayotiy mo’’jiza. Dunyo yaralgandan buyon insoniyat o’limdan xalos bo’lgani yo’q. Lekin odam parhez qilish orqali sog’liqni saqlash va uning usullariga rioya qilsa, nuroniy keksalik yoshiga etishi muammo bo’lmaydi (albatta, baxtsiz hodisalar yuz bermasa).

O’tgan ulug’ allomalarning aytishlaricha, har bir odam 120-130 yildan kam yashamasligi kerak, ammo odam ortiqcha ovqatlanish va zararli odatlardan (alkogol, nikotin, giyohvand moddalar)dan o’zini tiya olmasligi sababli yashashi mumkin bo’lgan umrining bir qismini, goho yarmini yashamay o’lib ketar ekan. Amerikalik sog’lom turmush tarzi targ’ibotchisi Pol Breg «Ochlik mo’’jizasi» kitobida yozishicha, u ovqatlanish va ochlik tartibini joriy qilgandi va o’zi shunga amal qilib, 90 yoshda uzoq masofalarga bemalol yugurgan, baliqdek suzgan, yoshlardek tennis o’ynagan, raqsga tushgan.

U 1, 2, 3, 7 va hokazo kun och yurishning targ’ibotchisi edi, ammo baxtsiz hodisa tufayli 95 yoshida vafot etgan. «Ilmga asoslangan ravishda och qolar ekan, inson so’nmas yoshlik egasi bo’lishi mumkin», deydi u. Pol Breg organizmning hayotiy faoliyatida ochlikning ahamiyati haqida shunday deydi: 99 foiz bemorlar noto’g’ri ovqatlanishdan jabrlanadilar.

Ovqat va ichimliklarni noto’g’ri iste’mol qilish bilan birga, odamlar o’zlarini chiqindilar bilan ifloslantirishlarini va organizmda shuncha zaharli moddalar to’planishini tushunib etmaydilar. Ochlik qaysidir kasallikni davolovchi usul emas, balki ochlik organizmni shunday sharoitga qo’yadiki, u o’zining bor hayotiy kuchlarini tozalanish va sog’lomlashtirish uchun ishlatadi. Ochlik organizmni o’z-o’ziga yordam berishga imkon yaratadi. Ochlik bilan davolash usuli insoniyatga ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq ma’lum bo’lgan. Ochlik bilan davolash eng qadimiy ilmiy xazinalardan desak, yanglishmagan bo’lamiz.

Qadimgi ajdodlarimiz asrlar davomida turli kasalliklarni ochlik bilan davolaganlar. Bu zamonlar sinovidan o’tgan amaliy usuldir. Qadim zamonlarda insoniyatning buyuk mutafakkirlari Sukrot, Aflotun, Bukrot, Jolinus, Abu Bakr ar-Roziy, Ibn Sino va ko’plab tabibu hakimlar shu usulni qo’llashgan.

Jumladan, Muhammad ibn al-Yamaniy shunday deydi: «Bir necha kishidan bir necha narsa haqida so’radim, bir xil javob berishdi. Tabiblardan eng shifobaxsh dori so’radim: «Ochlik va kam eyish», deb javob berishdi. Hakimlardan hikmat o’rganishga yordam beradigan narsani so’radim: «Ochlik va kam eyish», deb javob berishdi. Olimlardan esda saqlashga yordam beradigan narsa haqida so’radim: «Ochlik va kam eyish», deb javob berishdi.

Chindan ham ajoyib xulosa. Ochlikka va oz eyishga o’rgangan odam o’zini sog’lom, engil va xushnud sezadi. Hayotga, yashashga qarashi boshqacha bo’ladi. Tashvishi ham oz bo’ladi.

Me’yorida och yurish bilan davolangan kishi tetik, chaqqon, terisi tarang, yuzi tiniq bo’ladi. To’qimaning tuzilishi mustahkamlanadi, ko’z ravshanlanib, quvvati oshadi. Ochlik organizmga umumiy sog’lomlashtiruvchi ta’sir ko’rsatib, uning qimoya kuchlarini ishga soladi, kasalliklarning oldini oladi yoki mavjud xastaliklarni bartaraf qiladi, organizmni zaharli moddalardan va chiqindilardan tozalaydi, ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimlari ishini yaxshilaydi. Bu xalqtabobatining bir necha ming yillik tajribasi va amaliyotida o’z isbotini topgan.

Sharqda birinchi muallim nomi bilan mashxur, eramizdan avvalgi 384 yilda tug’ilgan Yunon olimi, boshqa fanlar qatori tabobatga doyr risolalari bilan ham mashhur buyuk tabib va faylasuf Arastu (Aristotel) shogirdi Iskandar Zulqarnaynga qilgan «O’n nasihat» majmuasi ham boshdan-oyoq tabobat va salomatlikka bag’ishlangan bo’lib, kam eyish, ochlik bilan davolanish haqida ham qimmatli nasihatlari bor:

Haftada bir kunlik (yilda jami 52 kun), uch oyda 7-10 kunlik parhez tutish bo’g’im va mushaklarni to’planib qolgan zaharli modda hamda tuzlardan tozalaydi. Ovqat hazm qilishga ketadigan kuch-quvvat parhez paytida tanadagi zararli moddalarni chiqarib tashlashga sarflanadi. Ya’ni, vujud o’zini-o’zi tozalaydi, davolaydi va tiklaydi. 24 soatlik ochlik davrida suvga bir choy qoshiq uchidagi asal yoki bir choy qoshiq limon sharbati aralashtirib, ichib turish mumkin.

Bunda qaynatib, ilitilgan suv organizmdagi zararli moddalarni eritish uchun xizmat qiladi. 24 soatlik ochlikdan so’ng birinchi taom yangi sabzavotlardan tayyorlangan salatlar bo’lishi lozim. Ular ichaklarni go’yo supurib chiqqanday bo’ladi. Undan so’ng qaynatilgan yoki bug’da pishirilgan sabzavotni iste’mol qilish zarur. Ochlikdan keyin darrov go’sht, sut, pishloq, yog’, baliq, yong’oq kabilarni eyish man etiladi. Odam uch, etgi va o’n kunlik ochlik parhezini o’tkazishi mumkin.

Uch kunlik ochlik paytida organizmdan zahar chiqa boshlaydi, bunda odam bezovtalanadi. Shu vaqtda tinch joyga kirib, hech narsani o’ylamasdan, televizor ko’rmasdan, radio eshitmasdan, hech kim bilan gaplashmasdan orom olish lozim. Bu vaqtda iloji boricha kamroqharakat qilish zarur. Ochlik holatining birinchi kunlarida organizmni etdagi shakar moddasi zaxirasi ozikdantirib tursa, 3-5 kunlik ochlikdan keyin kishi tanasidagi yog’, oqsil va boshqa oziq moddalar oziqa sifatida ajrala boshlaydi. Bemor tashqaridan oziqa qabul etmaganda organizmda yig’ilgan turli kasalliklarni ham oziqa sifatida eritib, peshob va teri orqali tashqariga chiqarib yuboradi, natijada ko’p kasalliklardan forig’ bo’ladi.

10 kunlik og’riq bilan xastaliklarni davolash uchun quyidaTicha muolaja olib boriladi. Ochlik bilan davolash kasalning ahvoliga qarab mutaxassis shifokor ishtirokida o’tkazilishi shart. 10 kunlik ochlik boshlangan kunning erta tongidan bemor ovqat eyishni to’xtatadi. U har soatda 100 g dan kuniga 2 litrgacha faqat quruq suv ichishi lozim. Buning uchun qaynatilgan suvni sirli idishga solib, sovitgichning muzxonasiga 12-15 soat qo’yiladi.

Suv yuzi muzlagandan keyin tagidagi yaxlamagan suv to’kib tashlanadi. Yaxlagan suv past olovda isitiladi va qaynamasidan oldinroq olib, kun bo’yi ichib turiladi. Boshqa suvlar, jumladan, distirlangan suv ham bo’lmaydi.

Ochlik bilan davolashda ehtiyojga qarab har kuni ertalab va kechqurun ikki mahal ichaklar orqa chiqaruv teshigi orqali 2 litr qaynatib sovitilgan suv bilan yuviladi (huqna qilinadi). Bu suvga bir osh qoshiqolma sharbati yoki siqilgan limon suvi qo’shiladi. Bu nordonlik beradi, ichakda esa ishqorlik mavjud.

Quyilayotgan suv ishqorlikni tezda eritadi, natijada ichaklarga yopishib qolgan eski chiqindilar cho’kadi. Huqna birinchi 3 kug’vda 2 mahal, ikkinchi haftadan boshlab kunora 10 kungacha qilinadi. 3,5,7 va 10 kunlik ochlik bilan davolashni to’xtatgandan keyin, oxirgi kuni kechqurun bir osh qoshiq guruch suvini tuzsiz holda bo’tqa qilib (guruch yaxshi pishib, ezilib ketishi kerak) eyiladi. Ertasiga ikki osh qoshiq guruchdan ikki mahal — ertalab va kechqurun shu usulda bo’tqa tayyorlab iste’mol qilinadi.

Meva – sabzavotlar sharbatlarini iliqholda ichish tavsiya etiladi. Uchinchi kundan boshlab 3 mahal bo’tqa eyiladi. To’rtinchi kuni guruch miqtsorini oshirib, 2,5 osh qoshiqtsan 3 mahal bo’tqa eyiladi, sharbatlar istalgancha ichiladi. Beshinchi kuni 3 osh qoshiq guruchdan bo’tqa tayyorlanadi va ozgina dimlangan karam, sholg’om, sabzi, baqlajon, pomidor, ko’katlar, qizil lavlagi eyish tavsiya qilinadi. Shu usulda ochlikdan chiqqandan so’ng 10-15 kungacha eyiladi. Shu muddat davomida qovurilgan va qaynatilgan go’sht, yog’li ovqatlar emaslik kerak.

Agar davolanishni ochlik bilan o’tkazishning iloji bo’lmasa, unda bosh og’rig’i, ichak kasalligi, nafas qisishi, yurak xastaligi va boshqa xastaliklarni quyidagi usulda davolash tavsiya etiladi. 15 kun davomida quyidagi taom tayyorlab eyiladi. Yarim litrli 5 ta shisha idish olib, har biri raqamlar bilan belgilab qo’yiladi. Birinchi kuni bir shisha idishga 2 osh qoshiq guruch solib, ustiga to’lguncha qaynatilgan iliq suv quyiladi. Bir kun o’tgach, suvni to’kib tashlab, ustiga yana iliq suv quyiladi va sovitgichga qo’yiladi.

Oradan 4 kun o’tgach olib, guruch 10 daqiqa shu suvda qaynatiladi, so’ngra suvini to’kib tashlab, guruchning o’zi eyiladi. Xuddi shu usulda ikkinchi kuni 2-shisha idish, uchinchi kuni 3-idish tayyorlab boriladi. 1 -idishdagi guruch eyilganda, bo’shagan idishga yana guruch solib, iliq suv quyiladi. Ikkinchi kuni 2-idishdagi guruchni eb, bo’shagan idishga yana guruch solib qo’yiladi. Shu usulda 15 kun ichaklar yaxshi tozalanadi va kasalliklar o’z-o’zidan shifo topadi.

(Visited 2 640 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!