Ayollar ko`p gaprishi

Ayollar ko`p gaprishi

Ayollar ko`p gaprishi Barchamizga ma’lumki, ayollar gaplashishni yaxshi ko‘rishadi. So‘nggi tadqiqotlar ayollarning bir kunda besh soat g‘iybat qilishlarini ko‘rsatdi. Erkaklarning asosiy qismi esa ko‘p gapiradigan ayollarni yoqtirmaydi. Aytish joizki, ularning har ikkalasi ham o‘zicha haq. Quyida biz keltiradigan ma’lumotlar ularning tabiati va ko‘p gapirishga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi va ayollarni ham, erkaklarni ham to‘g‘ri tushunish imkonini beradi degan umiddamiz.

Erkaklar biron narsa haqida o‘ylab olish uchun biroz vaqt yolg‘iz qolishga harakat qiladi. Ayollar esa, aksincha, fikr almashish yoki shunchaki hamdardlik tilaklarini eshitish maqsadida o‘z muammolarini dugonasi, onasi, opa-singillari yoki tanishlari bilan bo‘lishishni afzal ko‘radi.

Agar ayolni o‘zi kabilar bilan suhbatlashish imkoniyatidan mahrum qilsangiz, uni nafaqat dalda, kuch, hissiy yengillashishdan, balki o‘z shaxsiyatining bir qismidan ayirgan bo‘lasiz. Natijada u jazavali va asabiy bo‘lib qolishi mumkin.

Erkaklarning asosiy qismi ko‘p gapiradigan ayollarni yoqtirmaydi. Buning sababi shundaki, erkaklar miyasi ayollar odatda almashadigan katta hajmdagi axborotni qabul qilishga qodir emas. Shuning uchun ayollar ishdagi hamkasbining yomonligi to‘g‘risida qanchalik hissiyotlarga berilib gapirmasin, baribir erkaklar quloq solmaydi, aksincha ularning zardasi qaynab ketishi mumkin. Shuning uchun, aziz ayollar, yodda tutingki, yaqin kishingiz oldida hech qachon hech kim haqida yomon gapirmang.

Minglab yillar davomida ayollar g‘iybati erkaklar kulgusi nishoni bo‘lib kelgan. Gap shundaki, ayollar bosh miyasining har ikkala yarim sharida ikkita nutq markazi mavjud. Erkaklarda esa, nutq zonasi qat’iy belgilanmagan bo‘lib, butun chap yarim shar ushbu funksiya uchun javob beradi. Shuning uchun ham, bolalikda qizlar til mahorati bo‘yicha o‘g‘il bolalardan ancha o‘zib ketadi. Ular esa, o‘z navbatida, fizika va matematikada shubhasiz iqtidorliroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, ayollar miyasi o‘rganilganida, gapirish bilan bir vaqtda ularning eshitish markazi ham ishlashi aniqlangan. Bu xotin-qizlarga bir vaqtning o‘zida ham turli odamlarga gapirish, ham ularni eshitish imkonini beradi. Erkaklar esa, bunga umuman qodir emas va gapirayotgan paytida ular jimlikni talab qiladi. “Gapimni bo‘lma!” degan jumla dunyoning barcha tillarida erkaklar tomonidan ayollarga aytiladi. Erkak kishi uchun gapini oxirigacha olib borish muhim bo‘lsa, ayollar uchun shunchaki suhbatda qatnashish va shu bilan hamsuhbatga e’tibor bildirish muhimdir.

Bundan xulosa qilib, ayollarga beriladigan maslahat shuki, agar erkak kishi bilan yaxshi suhbat qurishni xohlasangiz, u gapirayot paytida gapini bo‘lmang. Erkaklarga maslahat esa, ayollar bilan munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun ular bilan ko‘proq suhbatlashing yoki ularga ichidagini to‘kib solishga imkon bering, zero bu ayollar uchun o‘ta zarur.

(Visited 2 113 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!