NARKOMANIYaNING KELIB ChIQIShI

NARKOMANIYa VA UNING PROFILAKTIKASI
NARKOMANIYaNING KELIB ChIQIShI,
TARQALIShI VA SABABLARI


Planetamiz bo’ylab baloi-ofat sifatida inson salomatligiga putur etkazib, ham
jismonan, ham ruhan izdan chiqaruvchi, umr zavoli bo’lmish narkomaniya va toksikomaniyani davolash va uning oldini olishlik, hozirgi zamon talabining eng

muhim va dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, narkomaniyaga mubtalo qiluvchi bir qator narkotik vositalar, psixotrop moddalar va

ularning prekursorlari kelayotgan mo’may daromadlarning asosiy qismi
«qo’poruvchilik», «diniy ekstremizm», «qurol yarog’larni sotib olishlik», «narkobiznes» larni qo’llab-qo’ltiqlashga, rivojlantirishga hamda ularning tashkilotchilariga sarflanmoqda. Shuning uchun ham narkomaniya va
toksikomaniyaga qarshi yana «zalvarli o’t ochish» davri keldi.

 

Chunki u umumjahon, og’ir va murakkab muammolardan bo’lib qolmoqda, Zero uning ma’naviy, ma’rifiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy masalalar bilan bog’liqligi tufayli ushbu masalalarga Prezidentimiz tomonidan jiddiy va katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Qur’oni Karimning «Moida» surasida «Hamr» lavzi bilan kelgan so’z, arab tilida «hamr» – «to’sish» – «berkitish» ma’nolarini anglatadi. Uni iste’mol qilgan kishining aqliga ta’sir etadigan, boshqacha aytganda mast-kayf qiladigan har bir narsa  «hamr» (xarom) deyiladi.
Payg’ambarimiz (SAV) hadislarida «Har bir mast-kayf qildiruvchi narsa «hamrdir». Har bir «hamr» haromdir», deyilgan. Qur’oni Karimda Alloh taolo bandalariga xitob qilib: «Bas bundaylardan chetda bo’linglar» deydi (90-oyatda).
Narkomaniya (giyohvandlik)ning kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Masalan, «Opiy» bundan 600 yil ilgari qo’llanilgan, uning uxlatuvchi ta’siri eramizdan oldingi 2000 yillardayoq sharqiy O’rta dengiz xalqlariga ma’lum bo’lgan. Gretsiyada eramizdan oldingi minginchi yillarda qayd etilgan.

Gerodotga eramizdan oldingi beshinchi asrda ma’lum bo’lgan.
Tabobatning otasi Gippokrat ongni davolash maqsadida qo’llagan. Aleksandr Makedonskiyning ko’knori o’simligini Janubiy Osiyoga eramizdan avvalgi IV asrda keltirganligi ma’lum. Paratsels Janubiy Sharqiy Osiyoga Hindistondan XVII asrda keltirilganligi, Ovrupoda XVI asrda qo’llanilganligi haqida yozadi.
Qisqa qilib aytganda narkotik va psixotrop moddalar hozirgi kunda dunyoning barcha qit’alariga tarqalgan ya’ni «pandemiya» tusini olgan. Kelib chiqish sabablari juda ko’p hisoblanib, ular ushbu kitobda yoritilgan.

NARKOMANIYaNING GURUHLARGA BO’LINIShI (KLASSIFIKATsIYaSI)
Narkomaniya so’zi keng ma’noga ega bo’lib, tarixan turlicha so’zlar bilan talqin qilingan (narkomaniya – giyohvandlik, bangilik, nashavandlik, karaxtlilik).  Bangilik – xalq tilida atalib kelgan so’z, bangi – bangi bo’lib qolishlik ma’nosida.
Nashavandlik – nasha o’simligi, nasha preparatlariga o’rganib qolishlik.
Giyohvandlik – kayf keltirib chiqaruvchi, o’ziga o’rgatib qo’yuvchi vositalardan, masalan ko’knori, tamaki, nasha, kanop o’simligining ayrim turi va ularning preparatlarini iste’mol qilishlikni anglatadi. Karaxtlik esa karaxt bo’lib qolgan, o’zini bilmay qolgan, narkoz holatiga tushishlik degan ma’noni anglatadi va bundan asl ma’no kelib chiqadi. Narkomaniya esa «Narko» (narkoz) va «maniya» (odam) so’zlarining yig’indisi hisoblanib, narkoz – hech narsani sezmaydigan holatni anglatadi.
Tarixan narkomaniya so’ziga olimlar, ruhshunoslar, shifokorlar, ayrim mutaxassislar, narkologlar turlicha guruhlarga (klassifikatsiyaga)bo’lib kelishgan va ular tegishli adabiyotlarda yoritilgan.
Hozirgi kunda xalqaro quyidagicha nomlanadi (tasniflanadi – klassifikatsiyalanadi):

1. Seddativ vositalar ya’ni tinchlantiruvchi preparatlar – moddalar: opiy,
narkotik moddalar va uxlatuvchi vositalar (barbituratlar).

2. Stimullovchi – rag’batlantiruvchi preparatlar: efedrin, fenamin va boshqalar.

3. Psixik holatga (ruhiyatga) ta’sir etib ongni o’zgartiruvchi vositalar: ayrim
psixotrop moddalar, LSD, kayf qildiruvchi kanop preparatlari (kannabinollar) va
gallyutsinogenlar, «BZ», «PCP».

Shuningdek narkotik ta’sir qiluvchi uchuvchi moddalar (LNDV) va boshqalar.

Ammo, adabiyotlarda yoritilishi, ayrim olimlar, mutaxassislarning fikrlarining
o’ziga xosligi va tavsiflanishi, toksikomaniyaga boshqacharoq urg’u berishlik,
ichkilikbozlik –alkogolizmni hamda chekishni narkomaniya guruhiga kiritmay
alohida nomlanishi kabilar, olimlarni, ayniqsa odamlarni (xalqlarni) chalg’itib
kelmoqda, desak yanglishmaymiz. Yana masalaning nozik tomonlaridan biri
narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm va chekishlarga qarshi kurashish va oldini
olishda o’zining salbiy ta’sirlarini ko’rsatib kelmoqda. Bunga har tomonlama ilmiy
amaliy asoslar mavjud.

Xulosa shuki, adabiyotlarni tahlil qilib, o’zimizning ko’p yillik ilmiy-amaliy
tajribamiz asosida hamda barcha narkotik, psixotrop va boshqa vositalarning
organizmga ta’sir etish mexanizmlarini farmokolog sifatida, ilmiy tushunchaga ega
bo’lgan holda va hayotiy ko’p yillik kuzatuvlar asosida quyidagicha guruhlarga
bo’lish (tasniflash – klassifikatsiyalash)ga xarakat- jazm qildik. Uylaymiz va
ishonamizki, ushbu fikrimiz ma’qul bo’ladi, degan umiddamiz. Ya’ni:

 

 

Birinchi guruh. Tabiiy va sun’iy morfin va morfin guruhiga kiruvchi vositalar
– qoradori (opiy, af’yun), morfin, kodein, dionin, geroin, fentanil, promedol va
boshqalar.

 

Ikkinchi guruh. Toksikomaniya va uning organizm uchun salbiy oqibatlari.
Tibbiyotda qo’llaniluvchi ayrim tinchlantiruvchi, sedativ vositalar (valeriana,
sibazon, eunoktin, fenozepam va boshqalar), ayrim uxlatuvchi moddalar (barbiturat
 
kislota unumlari – fenobarbital, barbamil), surgi dorilari (purgen, fenolftalein),
benzin, kerosin, toluol, kraskalar, kley.

 

Uchinchi guruh. Ichkilikbozlik – alkogolizm. Bunda asosiy ta’sir etuvchi
modda etil spirti (alkogol) hisoblanadi: aroqlar, kon’yaklar, brendi, rom, vinolar,
portveynlar, viski, musallas, shampan vinosi, pivo va boshqa tarkibida alkogol
tutuvchi ichimliklar.

 

To’rtinchi guruh. Bunda asosiy ta’sir etuvchi modda nikotin va kannabiollar
hisoblanadi: o’simliklardan – tamaki, ko’knori, nasha, kanop, koka o’simligi;
preparatlardan – papiroslar, tamaki, sigaretalar, nosvoy, marixuana, plan, XEK, LCD
va boshqa yangi kimyoviy – sintetik, zaharli o’ziga o’rgatib qo’yuvchi va kayf
keltirib chiqaruvchi moddalar.

(Visited 2 980 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!