KO’KRAK OG’RIG’I DAVOLASH

KO’KRAK OG’RIG’IDA
Xalq tabobatida igir ildizpoyasidan tayyorlangan damlama va qaynatma ishtaha ochuvchi, el haydovchi, isitma tushiruvchi, balg’am ko’chiruvchi, yo’talda, ko’krak og’riganda dori sifatida ishlatiladi. Damlama tayyorlash uchun 1 stakan qaynab turgan suvga 2 choyqoshiq ildizpoya kukunidan solinadi.

2-3 soatdan keyin dokadan suzib, kuniga 3 mahal ovqatdan oddin yarim stakandan ichiladi. Qaynatma tayyorlash uchun og’zi yopiladigan idishga 3 stakan suv quyib, 15 gramm maydalangan ildizpoyadan solinadi va 15 daqiqa qaynatiladi. Sovugach, dokada suziladi va kuniga ovqatdan yarim soat oldin 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

(Visited 2 192 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!