Jig’ildon qaynashi, zarda uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

Jig'ildon qaynashi

Jig’ildon qaynashi, zarda uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

Jig’ildon qaynash — qizilo’ngachda, ayniqsa uning pastki qismida achishish seziladi. Me’da suyuqligi aralashgan ovqatning qizilo’ngachga o’tib, uning shilliq qavatini ta’sirlashi me’da faoliyatining buzilishiga va boshqa omillarga sabab bo’ladi. Ko’pincha bunday holat me’da shirasida kislota ko’payib ketganda yoki kamayib qolganda va hatto, umuman bo’lmaganda kuzatiladi.

Me’da kasalliklari (me’da yarasi, gastrit) da, xoletsistitda, 12 barmoqli ichak yallig’lanishida, homiladorlikda, diafragma churrasida, ba’zi ovqat mahsulotlari kishiga yoqmaganda, asabiylashish, stress va boshqa bir qator kasalliklarda jig’ildon qaynaydi. Jig’ildon qaynashiga davo qilishda avvalo uni keltirib chiqargan asosiy sababni bartaraf etish lozim. Jig’ildon qaynashini bosish maqsadida turli xil ishqorli dorilarni shifokor maslahatisiz pala-partish ichish ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishni unutmang.

Jig’ildon qaynashining paydo bo’lishida asosiy sabablardan biri yomon suv, achchiq tutun, badbo’y hid va hazmi qiyin bo’lgan oziq-ovqatlar. Me’da uchun ovqatlarning eng yaxshisi burishtirish xususiyati yuqori bo’lib, o’tkirligi kam va achishtirmaydigan mahsulotlardir. Inson o’z gavdasiga og’irlik va zahmat etkazmaslik uchun oz eyishi zarur. Sog’lom kishilarga me’dani baquvvat qilish uchun burishtiruvchi narsalar foyda qiladi. Haddan tashqari burishtiruvchi narsalarni ham ishlatmaslik kerak, chunki ular me’da og’zini quritadi, oqibatda jig’ildon qaynaydigan bo’lib qoladi.

Jig’ildon qaynashi uy sharoitida davolash yo’llari

Achchiq, sho’r, yog’li, qovurma ovqatlar, qahva, aroq iste’mol qilmaslik kerak. Chekish va stress ham jig’ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Uxlashga 2 soat qolganda ovqat emaslik va ichmaslik, belni qisadigan kiyim kiymaslik kerak.

* Yalpiz, tillabosh o’tidan 100 g dan olinadi. Bu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 15 g dan ichiladi.

* Sabzini qirg’ichdan o’tkazib, siqib olingan sharbatidan 2-3 qultum ichilsa, jig’ildon qaynashini taqqa to’xtatadi.

* Arpa yoki sulining bir necha donidan olib, yarim soat chaynaladi. So’lakni yutib, qolgan yumshoq bo’tqa tupurib tashlanadi.

* Tuxum po’chog’ini yuvib, quritib va hovonchada tuyib, tolqon qilinadi. Undan yarim choy qoshiqolib, kuniga 3 mahal kappalash kerak.

* Yong’oq va shirin bodom mag’zidan 2 tasi hovonchada tuyiladi. Tolqonidan kuniga bir osh qoshiqdan teng miqdorda iste’mol qilinadi.

* Kuniga bir nechta olxo’ri mevasi eyilsa, jig’ildon qaynashi to’xtaydi.

* Zig’ir urug’idan 2 osh qoshig’i ustiga yarim stakan qaynoq suv quyib, 2-3 soat damlab quyiladi. Suzib olgach, iliqholda uyqu oldidan yarim stakan ichiladi, chunki jig’ildon qaynashi ko’pincha kechqurun paydo bo’ladi.

* Dalachoy va tillabosh o’tlaridan teng miqdorda olinadi. Undan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi. Past olovda og’zi yopiq idishda bir daqiqa qaynatib, keyin 10 daqiqa tindirib qo’yiladi. Nahorda, tushlikda va kechqurun ovqatdan oldin 50 g dan ichiladi.

* Sedana tolqonidan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim choy qoshiqtsan kappalash kerak.

* Zubturum bargi va dalachoy o’tidan 20 g dan olinadi. Unga 5 g moychechak gulidan qo’shib, aralashtiriladi. Shundan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib olinadi va kuniga bir osh qoshiqdan 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Shaftolining mevasi, danagi va bargi qo’shib qaynatiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan 10 kun ichilsa, oshqozon va ichaklarni davolaydi.

* Jig’ildon qaynashi yog’li ovqat, qovurilgan go’shtdan bo’lsa, yarim choy qoshiq choy sodasini yarim stakan iliq suvda eritib ichish kerak.

Eslatma: doimo choy sodasini ishlatish mumkin emas, organizmda kislota me’yori buziladi.

* Arpabodiyon o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 5 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal choy kabi ichish kerak.

* Yalpiz, tut bargi va oq akatsiya gulidan teng miqdorda olib, aralashtiriladi. Bir osh qoshig’ini yarim litr qaynoq suvga solib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga yarim stakandan ovqatdan yarim soat oldin 3 mahal ichiladi.

Jig’ildon qaynashi haqida

* Yalpiz bargi va tillabosh o’tidan 20 g dan, zubturum bargi va dalachoy o’tidan 30 g dan olib aralashtiriladi. 2 osh qoshig’i ustiga 3 stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal yarim stakandan ovqatdan bir soat keyin ichiladi.

* Zanjabil tolqonidan bir choy qoshig’i yoki ukrop urug’idan 2-3 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq yalpiz damlamasidan quyib, 2-3 soat damlab qo’yiladi. Kuchli jig’ildon qaynashida kuniga 2-3 osh qoshiqdan, ovqatdan oldin 3-4 mahal ichiladi.

* Bo’tako’z o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2-3 daqiqa qaynatiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 50 g dan ichiladi.

* Tillabosh o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichilsa, jig’ildon qaynashiga eng yaxshi vosita hisoblanadi.

* O’lmaso’t (bo’znoch) o’simligining quritilganidan 2 osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. 2-3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Igir ildizidan tayyorlangan tolqon kuniga yarim choy qoshiqtsan 3-4 mahal suv bilan iste’mol qilinsa, shifo bo’ladi.

* Kartoshka gulining quritilganidan bir osh qoshigi ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kun davomida choy kabi ichiladi.

* Xom kartoshkaning yangi tayyorlangan sharbatidan nahorda bir stakan ichib, keyin yarim soat yotish kerak. Bir soatdan so’ng nonushta qilish mumkin. 10 kun shu tarzda davolaniladi, keyin 10 kun tanaffus qilib, davolash yana 10 kun takrorlanadi. Jig’ildon qaynashiga qarshi eng oddiy va samarali usul hisoblanadi.

* Xom kartoshkani qirg’ichdan o’tkazib, sharbati siqib olinadi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan ichilsa, jigildon qaynashiga yordam beradi.

* Igir ildizidan bir bo’lakchani chaynab, yutib yuborilsa, jig’ildon qaynashi tuzaladi.

* Jig’ildon qaynashi doimo takrorlansa qora bug’doydan tayyorlangan bo’tqaninahorda iste’mol qilish kerak. Ko’proq suv ichib, yog’li ovqat emaslik zarur.

* Qora bug’doydan tayyorlangan tolqon kuniga 3-4 mahal 1-2 grammdan iste’mol qilinsa, jig’ildon qaynashi tuzaladi.

* Do’lana mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovda 5 daqiqa qaynatiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 50 g dan ichiladi.

* Tog’ rayhoni o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. 5 daqiqa qaynatib, keyin 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 50 g dan ichiladi.

* Jig’ildon qaynashida bir-ikkita olma eyish foydali.

* Olma sirkasidan bir choy qoshig’ini yarim stakan yalpizli choy bilan aralashtirib, qultumlab ichish kerak. Yoki bir choy qoshiq olma sirkasini yarim stakan qaynatilgan iliq suvga aralashtirib, qultumlab ichiladi. Hatto oshqozon
kislotasi bilan bo-g’liq muammo bo’lsa ham bu eritmadan ichish mumkin.

* Sigir, qo’y yoki echki sutlarini teng miqdorda qo’shib, qatiq qilib, xaltachaga solinadi. Zardobi 5 kun suv o’rnida ichilsa, jig’ildon qaynashidan forig’ qiladi.

* Sigir va echkining yangi sog’ilgan suti ham jig’ildon qaynashidan qutilishga
yordam beradi.

* Shirinmiya ildizidan 10 g va apelsin po’chog’idan 6 gramm olinadi. Ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib qaynatiladi, keyin 60 g asal qo’shiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa oldin, bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolanish muddati — bir oy.

* Zubturum bargi, gulxayri ildizi, tog’ rayhoni, dalachoy, qora ziradan olib, aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Kuniga 4 mahal 2 osh qoshiqdan ovqatdan 15-20 daqiqa oldin ichiladi. Jig’ildon qaynashi kislota pastligi tufayli kelib chiqqan bo’lsa, bu qaynatma yaxshi foyda qiladi.

* Katga qoncho’p, bo’yimodaron, moychechak guli, dalachoy, shirinmiyaning hammasidan teng miqtsorda olib, aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2-3 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal iliq holda bir stakandan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Sigir, qo’y yoki echki sutini qaynatib, qatiq qilib ivitiladi, keyin latta xaltaga solib osib qo’yilsa, zardobi oqadi. Shu shifobaxsh zardobdan 3 ho’plam ichilsa, jig’ildon qaynashi taqqa to’xtaydi.

* Guruchni iliqsuvda yuvib, 5-6 soat ivitib qo’yiladi. Keyin qasqon lappagiga doka yopib, ustiga guruch solib, yumshaguncha bug’lab pishiriladi. Avval ajratib qo’yilgan zardob, sabzi, piyoz hamda yog’li go’shtdan tayyorlangan qiyma qozonga solinib, ma’lum vaqt qaynatiladi. Pishgan guruchni qo’shib, yana biroz qaynatiladi. Tayyor bo’lgan shu mastavadan jig’ildon qaynashini davolash uchun ichib turiladi.

* Asaldan bir osh qoshig’i ustiga bir litr zardob quyib, biroz qaynatiladi. Sovigach, shisha idigshtarga solib, salqin joyda saqpanadi va yaxna ichimlik sifatida ichiladi.

* Limono’tdan 4 qism, zubturum bargidan 3 qism, gazanda o’ti va tog’ rayhonidan 2 qismdan, dalachoydan bir qismdan olib aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyib, ozroq qaynatiladi va 2-3 soat tindirib qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal 2 osh qoshiqdan, ovqatdan 15-20 daqiqa oldin ichiladi. Jig’ildon qaynashi kislotasi past gastrit sababli paydo bo’lganda foyda qiladi.

* Chernika mevasi va bargidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Oqqayinning quruqnovdasi kuydiriladi. Kulidan iste’mol qilish jig’ildon qaynashini yo’q qiladi.

* Gullab turgan qora bug’doy quritib, kuydiriladi. Kulidan bir choy qoshig’ini yarim stakan sovuqsuvga solib, kuniga 3 mahal ichiladi.

* Oddiy bo’r qizib turgan tovada yarim soat qizdiriladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, bir choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Ertalab, tushliqtsa va kechqurun ovqatdan bir soat oldin yarim choy qoshiq loydan ichiladi.

 

* Jig’ildon qaynashiga grechixa bo’tqasi ham yaxshi foyda qiladi.

* Xom sulining 5-8 ta donidan chaynab, yutiladi.

* Dalachoy va yalpizdan 100 g dan, tillaboshdan 75 g olib, aralashtiriladi. Shu •agg’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va damlab qo’yiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal yarim stakan ichiladi.

* Oq akatsiya va tut bargidan teng miqdorda olinadi. Undan bir osh qoshig’i ustiga 1.5 stakan qaynoq suv quyib, 2 soat o’rab damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Oq akatsiya po’stlog’ining maydalanganidan yarim choy qoshiq olib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. 2-3 daqiqa qaynatib, 2 kun bir stakandan qultumlab ichiladi. Davolanish muddati — 20 kun.

* Oq akatsiya gulidan 2 choy qoshig’i ustiga 100 g spirt yoki aroq quyib, 5-7 kun saqlanadi. 15-20 tomchidan suv bilan iste’mol qilinadi. Xalq tabobatida jig’ildon qaynashi, oshqozon va ichakog’rig’ida ishlatiladi.

* Jig’ildon qaynashida kuniga bir nechta nok eyilsa, foyda qiladi.

* Jig’ildon qaynashida ho’kiz o’tining yangisidan kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Yalpiz tomchisidan (dorixonalarda bo’ladi) yarim stakan suvga 5-10 tomchi quyib ichiladi.

* Jig’ildon qaynashida har kuni ko’katlar, pishirilgan lavlagi, sabzi, oshqovoqdan ozroq yog’ bilan eyiladi. Go’sht o’rnida ko’proq baliq va jigar iste’mol qilinadi.

* Jigildon qaynashi kuchli bo’lsa, bemorni qustirib, oshqozoni yuviladi.

* Bemorga ishqorli suv, mineral suv va sut berish kerak.

* Bemorga yog’och ko’miri habdorisi (dorixonalarda bo’ladi)beriladi.

* Yarim stakan iliq peshobdan ichilsa* jig’ildon qaynashi tuzaladi (Jon Armstrong tavsiyasi).

(Visited 11 474 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!