JIGARNI davolash

JIGARNI MUSTAHKAMLAShDA
Har kuni 3,5 gramm zira iste’mol qilish, jigarni mustahkaml aydi.
JIGAR TIQINLARINI OChIShDA
15 gramm qovun urug’i yanchib eyilsa, jigardagi tiqinlar ochiladi.

JIGARNI TOZALAShDA
Jigarni tozalash uchun har kuni 5 grammdan kungaboqar ildizining suvidan ichib yurish kerak.
JIG’ILDON QAYNAGANDA
Inson organizmida biror etishmovchilik tufayli oshqozon achitqich ajralishi xususiyati pasaygan hollarda uning jig’ildoni tez-tez qaynaydigan bo’lib qoladi Jig’ildon qaynashini to’xtatish uchun shifobaxsh zardobdan foydalanish zarur. Uni tayyorlash uchun sigir, qo’y yoki echki suti qatiq qilib ivitiladi, ivigandan keyin uni xaltaga solib osib qo’yilsa, zardobi oqadi. Shu zardobdan uch ho’plam ichilsa, jig’ildon qaynashi taqqa to’xtaydi. Zardobni suv o’rnida iste’mol qilib turish lozim.
ZAIF JIGARDA
Ma’lumki, inson organizmi nihoyatda murakkab tuzilgan bo’lib, unda har bir a’zoning o’z faoliyati bor. Inson organizmi bir me’yorda sog’lom yashashi uchun oqsil, yog’lar, qand moddalari, mikroelementlar, ayniqsa, vitaminlarning etarli bo’lishi muhim o’rin tutadi. Shu boisdan jigari xasta bemorlarga na’matak, yong’oq, limon, apelysin, uzum, karam, kartoshka, pomidor, piyoz, ukrop va kashnichni mumkin qadar ko’proq iste’mol QILISH tavsiya etiladi. Bunda nafaqat jigar, balki boshqa organlar ham kuchli bo’ladi. Tanaga muntazam tushib turgan spirtli ichimliklar jigar-o’t ich faoliyatini buzadi. Shuning uchun har bir inson barcha narsalarni o’z me’yorida iste’mol QILISHI, o’z salomatligini asrash yo’lida parhez taomlarni tanovul etishi orqali jigar xastaliklari kelib chiqishining oldini oladi.
Shunday parhez taomlardan biri baliqdir. Baliq kabob qilib eyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.

(Visited 1 151 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!