Jigar serrozi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Jigar serrozi

Jigar serrozi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Jigar serrozi — jigar hujayralarining surunkali zararlanishi va o’littti hamda ularning asta – sekin biriktiruvchi to’qimalar bilan almashinib qolishi. Bunda jigarning tuzilishi va faoliyati ham izdan chiqadi.

Jigar tsirrozi sekin rivojlanadigan surunkali kasallik hisoblanadi. Jigar virusli gepatit bilan og’riganda o’z vaqtida shifokorga murojaat qilinmasa, davolanish kech boshlansa, mutaxassis, xalqtabobati maslahatlariga amal qilinmasa va parhez buzilishiga yo’l qo’yilsa, xastalik zo’rayib ketib, bemorning ahvoli og’irlashadi.

Jigar tsirrozining deyarli 50 foizi alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish oqibatida kelib chiqadi. Organizmga ba’zi bir zaharli kimyoviy moddalar kirishi, dorivor moddalar nazoratsiz qabul qilinishi, o’t yo’llarining bekilib qolishi va yalliglanishi shu dardga sabab bo’ladi. Jigar tsirrozi turlicha namoyon bo’ladi va u xastalikning qaysi shaklda kechishi hamda davriga bog’liq.

Tekshirishlarda jigar qattiqlashgan va faoliyati buzilgan aniqlangan bo’lishiga qaramay, bemor uzoq yillar davomida hech qanday og’riq sezmay yurishi mumkin. Dard zo’rayganda kishi darmonsizlanadi, ko’p g’aliz tushlar ko’radi, ozib ketadi, lablari sho’rlanib, ishtahadan qoladi, noxush bo’ladi, badani sarg’ayadi, qorin bo’shlig’ida suyuqpik to’planadi. Kasallik zo’rayganda bemorni darhol shifoxonaga yotqizish kerak. Shifokor buyurgan dorilardan tashqari, bemor sifatli, darmondorilarga boy, tuzi va yog’i kam ovqatlar iste’mol qilishi lozim.

Jigar serrozi

Jigar serrozi davollash yo’llari bormi

Bemorga sutli ovqatlar, suvda qaynatilgan go’sht va baliq, sabzavotlar, mevalar, sharbatlar ham darmon, ham dori bo’ladi. Kasallik avj olgan paytda bemor hech qanday jismoniy ish qilmay, ruhan tinch bo’lishi kerak, alkogolli ichimliklar ichish qat’iy man etiladi. Jigar tsirrozining oldini olish uchun virusli gepatitning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. To’la sifatli ovqatlar iste’mol qilish, har qanday spirtli ichimliklardan voz kechish jigar kasalligini davolagtsda qo’l keladi.

* Kartoshkani po’sti bilan qaynatib, keyin ezib, issiq holda og’rigan jigar ustiga, o’ng qovurg’aga qo’yiladi.

* Sachratqi ildizi, qirqbo’g’in, bo’yimodaron va dalachoy o’tlaridan olib aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal ichiladi.

* Sachratqi ildizi va gazandadan 100 g dan, o’lmaso’tdan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.

* Gazandadan 100 g, tirnoqgul, qoncho’p va o’lmaso’tdan 75 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Makkai sanodan kuniga bir mahal 10 donadan kappalansa, 3-4 soat ichida qorindagi bor narsalarni chiqarib tashlaydi.

* Na’matak mevasidan 2 qism, gazanda bargidan bir qism olib aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal ichiladi.

* Dalachoy, bo’yimodaron, quiggoron, ittikanak o’tlari, mavrak bargi, dastarbosh va moychechak gullari, na’matak mevasi, qariqiz va andiz ildizlarining hammasidan teng olib aralashtiriladi. Undan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Asaldan bir kg, zaytun yog’idan 300 ml, sarimsoqdan 3 bo’lak va o’rtacha kattalikdagi limondan 4 dona olinadi. Limonlarning urug’i, 2 donasining po’chog’i ham olinadi. Ularning barini go’shtqiymalagichdan o’tkazib, sirli idishga solinadi. Asal va yog’ bilan qoriladi va 2 litrli idishga solib, sovitkichning pastki qismiga qo’yiladi. Foydalanishdan oldin qorishma yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan ovqatdan 30-40 daqiqa oldin iste’mol qilinadi. Davolanish bir yil davomida 3-4 marta o’tkaziladi.

Jigar serrozi uy sharoitida davolash yo’llari haqida

* Yong’oq, qalampirmunchoq, chinnigul urug’i, dolchin, zanjabil, zira urug’i 100 g
dan olinadi. Shu yig’mani aralashtirib, qozonda biroz qizdiriladi. Kuniga 3 mahal och holda bir osh qoshig’i teng miqtsordagi sut bilan ichilsa, bemor begumon tuzaladi.

* Olcha, arab xurmosiga gulob qo’shib qaynatiladi. Unga gazako’t va anjir qo’shib, nahorda bir mahal 50 g dan ichilsa, qorindagi suvlarni haydaydi.

* Jigar tsirrozida bemor quyvdagi parhezga amal qilishi kerak: yong’oq, limon, apelsin, loviya, uzum, karam, kartoshka, no’xot, ukrop, pomidor ko’p eyiladi. Ovqatlar: o’simlik moyida tayyorlangan qaynatma, suvi qochgan non, qatiqli atala, mastava, 5 oylik jo’ja go’shtvdan 3 mahal tuzsiz sho’rva kabilardan iborat. Bu xil davolash yaxshi natija beradi.

* Mavrak o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi, bir choy qoshiq asal qo’shib, bir soat damlanadi. Och holda ichiladi.

* Xalq tabobatida surunkali gepatitda va jigar tsirrozida arpadan yaxshi foydalaniladi. 3 kg arpani yaxshilab yuvib, ustiga 6 litr suv quyib, 2 soat qo’yiladi. Keyin bir litr suv qolguncha qaynatiladi. Sovigach suzib, siqib olinadi va kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin chorak stakandan ichiladi.

* Sulidan bir kg ni yuvib, ustiga 10 litr suv quyiladi va 2 litr suvi qolguncha qaynatiladi. Suzib olgach, ustiga bir kg asal va 100 g sariyog’ qo’shib, yana 10-15 daqiqa qaynatiladi. Sovitib, kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin, bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Mumiyodan 3 g olib, 3 litr qaynoq suvda eritiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir stakandan 10 kun ichiladi. 5 kun tanaffus qilgach, davolanish to’liq tuzalguncha davom ettiriladi.

* Sarsabil ildizvdan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal yarim stakavdan ichiladi.

* Achchiq tarvuz urug’ini tolqon qilib, kuniga 2 mahal kappalansa, ichni kuchli surapi.

https://www.youtube.com/watch?v=Q1l8mP5iwpw

* Achchiq tarvuz suvidan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, och holda 2 osh qoshiqdan 20 kun davomida ichilsa, jigar so’lishi yaxshi holatiga qaytadi.

* Achchiq tarvuzning ildiz qaynatmasi kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Tuya siydigi kuniga 3 mahal 50 g dan 20 kun davomida ichilsa, sariqsuv (istisqo) va jigar tsirrozi dardlaridan xalos qiladi.

* Tuya suti kuniga 3 mahal 100 g dan 40 kun ichilsa, sariqsuv kasalligi tuzaladi.

* Kiyik shoxining kuydirilgan kulidan kuniga 3 mahal yarim choy qoshiqdan 15 kun kappalansa va orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, jigar so’lishi shifo topadi.

* Za’faron tolqoniga qalampir qo’shib, bir mahal kappalash kerak.

* Qiziltasma (qushtoron)ning 500 g 4 litr suvda, 15 daqiqa mil-mil qaynatiladi. 20 kun 3 mahal 50 g dan jigar so’lishi, qon ketishi va bavosir kasali bilan og’riganlar ichsa, yaxshi foyda qiladi.

* Zirk qiyomidan bir hafta bir mahaldan, bir yarim dirhamdan 2,5 dirhamgacha sut bilan ichilsa, foyda qiladi (bir dirham 3,12 g ga teng).

* Arpabodiyon tolqonini kuniga 3 mahal bir dirhamdan kappalash kerak.

* Qora chigirtkaning quritilgan tolqonidan kuniga 3 mahal 3 g dan 10 kun davomida kappalansa, bemor tuzaladi.

* Bodom, yong’oq, kanakunjut yog’laridan 4 uqiyadan olib, Misr boqilasi tolqonini qo’shib, 15 kun 3 mahal bir uqiyadan ichiladi (bir uqiya — 25,5 gramm).

* Echki yoki tuya sutini bemor kuniga 3 mahal 40 kun davomida 100 g dan ichishi shart. Ovqati sutda qilinadi, suvi qochgan non eyiladi (dard boshlanishida).

* Qalampir, yong’oq, chigirtka, dolchin, sabzi urug’i, ziraning hammasidan 100 g dan qo’shib qovuriladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan sutga aralashtirib, 15 kun davomida eyiladi.

Jigar serrozi

jigar haqida

* Sarimsoq piyozga teng miqdorda asal aralashtirib, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiq egan bemor tuzaladi.

* Za’faronga achchiq qalampir qo’shib, kuniga bir mahal yarim choy qoshiqdan kappalansa, shifo bo’ladi.

* Kungaboqar yog’idan kuniga 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichiladi.

* Jigar tsirrozining engil turini davolashda qoqio’tning ildiz damlamasi,
qoraandiz va qoncho’p o’tlari damlamasi yaxshi samara beradi.

* Qoncho’p o’ti va qoqio’t bargining sharbatlari ham yaxshi ta’sir etadi.

* Qoncho’p o’tini may oyida terib, yaxshilab yuviladi, go’shtqiymalagichdan o’tkazib, sharbati siqib olinadi. Keyin 70% li spirt bilan teng miqtsorda qo’shib, damlama tayyorlanadi.

* Qoncho’p sharbatidan kuniga 3 mahal 20-25 tomchisiga sut qo’shib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin qoqio’t sharbati 2 osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi. Davolanish tartibi — bir oy ichiladi, bir oy tanaffus qilinadi va shu tarzda 2-3 marta takrorlanadi.
Bemor quyidagi o’simliklardan foydalansa, jigar faoliyati yaxshilanadi: na’matak mevasi, gazanda, qoqio’t ildizi, yalpiz, o’lmaso’t, bo’znoch, qoraandiz, dalachoy, zira, shirinmiya ildizi va boshqalar.

* Karamning yangi tayyorlangan sharbatidan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, iliq holda yarim stakandan jigar tsirrozida ichish tavsiya etiladi.

* Karam sharbatidan kuniga 2 mahal, bir stakandan lavlagi sharbati bilan galma- gal ichish tavsiya etiladi.

* Tuzlangan karam suviga pomidor sharbati qo’shib, kuniga 3 mahal ovqatdan so’ng ichiladi. Natijasi 1-2 oy ichida ko’rinadi.

* Har kuni bir stakandan qizil lavlagi va turp sharbatlaridan teng miqdorda olib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Qoqio’t ildizini quritib, tolqon qilinadi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin, bir choy qoshiqdan qaynatilgan suv bilan ichiladi.

* Katta qoncho’pning quritilgan o’tidan 2 osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 6 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2 mahal — ertalab och holda va uyqu oldidan bir stakandan ichiladi. Katta qoncho’pning o’ti yoki ildizi sharbatidan kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin 10-15 tomchidan ichiladi. Har 3-kuni tanaffus qilinadi.

* Na’matakning quyuq qaynatmasidan to tuzalguncha kuniga 3 mahal bir stakandan ichilsa, foyda qiladi.

* Na’matak mevasidan 40 g, gazanda bargidan 20 g olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qayin kurtagi yoki bargining maydalanganidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va ozroq choy sodasi qo’shib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi. Qayin sharbatidan kuniga 3 mahal yarim stakandan ichilsa, foyda qiladi.

* Archa gulini shisha idishga solib, ustiga shakar sepiladi. 3-4 qatlam qilib, press ostida 1-2 hafta saqlanadi. Murabbo o’rnida iste’mol qilinadi.

* Qoqio’t ildizini quritib, ozroq qovuriladi. Bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, qahva o’rnida ichiladi.

* Jigar tsirrozida oq undan tayyorlangan mahsulotlar, kartoshka (kraxmal jigarda tsirroz paydo qilishi mumkin) va spirtli ichimliklarni hatto ozgina iste’mol kdlish ham ta’qiqlanadi.

* Sachratqi ildizi, qirqbo’g’in, bo’yimodaron va dalachoy o’tlarining hammasidan teng mikdorda olinadi. Shu yigmadan bir qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin, chorak stakandan ichiladi. Bu vosita surunkali gepatitda ham samara beradi.

* Shuvoqning ho’lligida siqib olingan suvidan 20 kun, 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, istisqo kasalligida foyda qiladi.

* Sarsabil o’tidan 3 choy qoshig’i ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, har 4 soatda 500 ml dan ichiladi.

* Chakamug’ o’tidan 4 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kun davomida ichiladi.

* Karam sharbatidan kuniga 1-2 mahal 100 ml dan ichish tavsiya etiladi. Uni qirg’ichdan o’tkazgach, siqib sharbati olinadi.

* Jigar tsirrozida 2 kg bodring yoki bir yarim kg tarvuz haftada bir kun 5 marta iste’mol qilinadi.

* Tolning quruq va maydalangan po’stlogidan 60 g olib, bir litr suvda 15-20 daqiqa qaynatiladi. Bir kun o’rab, damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 1G’3 stakandan ichiladi.

* Sabzi, pomidor hamda sabzi sharbatlari va ismaloq 10:6 nisbatda, sabzi, lavlagi va bodring sharbatlari 10:3:3 nisbatda iste’mol qilinadi.

* Jigar tsirrozi bor bemorning taomida doimo asal, greypfrut bo’tqasi, qovoq eti, suli qaynatmasi, sabzi o’ti bilan oddiy bodrezakning bargi va mevasidan tayyorlangan qaynatma, sarsabil, baqlajon, lavlagi va dengiz karami qaynatmalari bo’lishi kerak.

* Erqalampirning maydalangan bargidan 5-6 donasini ildizi bilan olib, ustiga 500 ml aroq quyiladi va 7 kun sakdanadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Na’matak mevasidan 20 g, gazanda bargidan 10 g olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, 10-15 daqiqa qaynatiladi. Keyin suzib olgach, kuniga 2 mahal bir stakandan ichiladi.

* Sachratqining bargi va ildizidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 15 daqiqa qaynatiladi. Unga 2 osh qoshiq asal va bir choy qoshiq sirka qo’shib, issiqholda ichiladi.

* Sachratqi ildizi, qirqbo’g’in, bo’yimodaron o’ti va dalachoydan 20 g dan olinadi. Shu yig’ma ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. Kun davomida 2-3 mahal ovqatdan oldin bir stakandan ichiladi.

* Makkajo’xori popugini so’tasi bilan 10-15 daqiqa qaynatib, kuniga 2 mahal bir stakandan ichiladi.

* Bir stakan qovun urug’ini hovonchada tuyib, un qilib, ustiga 200 ml sut qo’shiladi. Har kuni ertalab 100 ml dan ichilsa, jigarni va oshqozonni tozalaydi.

(Visited 1 613 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!