IChAK KASALLIKLARIDA DAVOLASH

IChAK KASALLIKLARIDA
Ichak kasalliklarining kelib chiqishida ichimlik va oziq-ovqatlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish sabab bo’ladi. Bular oqibatida salbiy ta’sir ko’rsatuvchi mikroblar ichakka, oshqozon va boshqa organlarga tushadi, natijada og’ir kasalliklar kelib chiqadi. Bundan tashqari, ichaklar shamollashi va unda yaralar paydo bo’lishi ham ichak kasalliklarini yuzaga keltiradi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ichak kasalliklariga chalingan kishilar o’zlarini ehtiyotlashlari, zlgkir ta’sir
ko’rsatuvchi taomlarni iste’mol qilishdan tiyilishlari zarur. Turp, rediska, selderey, piyozli ovqatlarni iste’mol qilishlari mumkin emas, chunki ularning tarkibida efir moylari bor. Yana nordon mevalardan hisoblangan o’rik, olxo’ri, uzum, tuzlama va achchiq mahsulotlarni ham iloji boricha kamroq tanovul qilishlari zarur.

Shaftoli bargidan tayyorlangan qaynatma ichak xastaligida foydali. O’z davrida Ibn Sino shaftolini ishtaha ochuvchi va surgi dori sifatida ham ishlatgan. Shaftoli taomni yaxshi hazm qildiradi. Uning barglaridan bir qism olib, 1 stakan qaynoq suvda damlanadi va kuniga nahorda hamda kechqurun 2 mahal 60 grammdan ichiladi.

(Visited 7 466 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!