GIJJANI TUShIRISh

GIJJANI TUShIRIShDA
Gijja kasalliklari ilmiy tilda boshqacha tushuntiriladi, ya’ni gelimintozlar – odam, hayvon va o’simliklarda parazit chuvalchanglar – gelymintlar qo’zg’atadigan kasalliklardir. Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, bestodalar, trematodalar va akantobefallar parazitlik qiladi.

G elymintlar odamning nafas olish, ovqat hazm QILISH, muskul sistemasi, jigar, taloq, qon, miya, ko’z va boshqa organlarida yashab, ularning XILI va qaysi a’zoda bo’lishiga qarab, kasallik ham har xil kechadi. Bemorning hamisha vazni kamayadi, lanjlik, jirtakilik paydo bo’ladi, boshi aylanadi, xotira pasayadi, bola yaxshi o’smaydi va hokazo. Gijja ichakda bo’lsa, ich qotadi yoki ich ketadi, ko’ngil ayniydi, ba’zan bemor qayt qiladi; jigarda bo’lsa, ko’z oqi va badan sarg’ayadi, shish paydo bo’ladi; o’pkada bo’lsa, yo’tal tutadi.

Bolalar organizmidan gijjalarni tushirishda oshqovoq urug’i samarali ta’sir ko’rsatadi. Oshqovoq urug’i chaqilganda uning mag’zidagi ko’kish qobig’i saqlanishi kerak. Mag’zini maydalab, idishga solinadi va ustiga asal yoki murabbo qo’shib aralashtiriladi. 3-4 yoshli bolalar uchun 75 gramm urug’ga 25 gramm asal, 10 yoshli bolalarga 150 gramm urug’ga 50 gramm asal yoki murabbo qo’shish mumkin. Ushbu aralashmadan bolalarga nahorga oz-ozdan beriladi. Keyin 3 soat o’tkazib, makkai sanodan tayyorlangan damlamadan bir piyola miqdorida ichiriladi. Surgi ichirilgandan so’ng gijjalar tushib ketadi va bola asta-sekinlik bilan sog’lig’ini tiklaydi.

(Visited 17 270 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!