Faringitda

Faringitda
Yuqori nafas yo’llari shamollaganda (tonzillit, surunkali faringit va laringit) tomoq va xalqumni moychechak damlamasi va qaynatmasi bilan chayish tavsiya etiladi.

Marjon (buzina), jo’ka (lipa)’va moychechak gullaridan 15 grammdan olib, aralashma tayyorlaysiz. Aralashmadan 20 grammini bir stakan qaynoq suvda bir soat damlab qo’yasiz. Mazkur damlama bilan ingalyatsiya qilish, tomoqni chayish yoki 1 stakandan ichib turish tavsiya etiladi.

Dorivor moychechak gulidan 5 gramm, lavanda giyohidan 10 gramm olib, aralashmadan 1 stakan qaynoq suvda damlama tayyorlaysiz. Bir soat turgan damlama bilan inglatsiya qilish kerak.
1 choyqoshiq yalpizni termosga damlab qo’yib, bir choyqoshiqdan asta-sekin ho’plab ichiladi. Mabodo faringit endi boshlanayotgan bo’lsa, og’izga qota boshlagan asaldan bir bo’lak tashlab, 10-15 daqiqa ushlab turiladi. Keyin yalpiz choydan ichsangiz, foydasi tez bilinadi.

Faringit bilan og’rigan paytlarda mikroblar tomokdan pasgga tushmasligi uchun mavrak (shalfey) va sutni aralashtirib iste’mol qilinadi. 1 choyqoshiq mavrakni 1 st sutga qo’shib qaynatiladi- da, keyin ichiladi. Bunday sutli aralashmani kuniga 2-3 mahal iliq holda ichish tavsiya etpladi. Shunda faringitdan tez forig’ bo’linadi.
Propolisning 10 ml 10 foizli spirtli ekstraktiga 29 ml glitserin yoki shaftoli moyidan aralashtirasiz. Hosil bo’lgan malhamni surunkali faringit chog’ida tomoqshshg ichki tomoniga surtish ham, tumov va boshqa hollarda esa burunga tomizish ham mumkin.

(Visited 2 241 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!