Endokrin sistemasi patofiziologiyasi

Ma’ruza maksadi: Talabalarga endokrin buzilishlarni tiplari, etiologiya va patogenezi haqida tushuncha berish.

 

Muxokama qilinadigan savollar:

  1. Gormonlar ta’sirining mexanizmlari.
  2. Endokrin idora etishning mexanizmlari.
  3. Bezlarning endokrin bo’liagan idora etilishi.
  4. Endokrin buzilishlarning etiologiyasi.
  5. Endokrin buzilishlarning tipik ko’rinishlari.
  6. Endokrin buzilishlarning patogenezi.

 

Organizmning xayot faoliyati maxsus tarzda idora qiluvchi muhim sistemalardan biri endokrin sistemasidir. U o’ziga xos kimyoviy moddalarni- gormonlarni ixtisoslashgan a’zolar-ichki sekret bezlari hujayralarida hosil qilib, bevosita qonga chiqaradi va shu yul bilan a’zo –to’qimalarning aloqa-larini hamda idora qilinishini amalga oshiradi. Metabolizm va fiziologik funktsiyalarning idora etilishida endokrin va nerv impulslarining faoliyatini endokrinsistemasining davomli sekretor faolligi to’ldiradi. Bunday faoliyatning buzilishi faqat endokrin sistemasining patologik holatlarida emas,balki boshqa turli sistema va a’zolarning patologiyasida ham o’z aksini topadi. Gormonlar- kimyoviy vositachilar bo’lib, boshqa to’qimalarning faolligini idora qiladi. Ular ma’lum va anik  qonuniyatga bo’ysinuvchi va o’zaro bog’liq doirada ta’sir ko’rsatadi. Gipotalamusga kelayotgan nerv impulslari undan maxsus gipotalamik gormonlar ajralishiga olib keladi, buning natijasida esa gipofizda trop, ya’ni tanlab ta’sir ko’rsatuvchi gormonlar sekretsiyasining kuchayishini yoki susayishini chaqiradi. Gipofizning oldingi bo’lagida ishlab chiqariladigan gormonlarning ajralishining o’zi esa maxsus nishon-to’qimalarga ta’sir etuvchi gormonlar ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarning faoliyati ta’sirida rag’batlantiriladi. Bunday ikki tomonlama aloqa jarayonlarining buzilishlari markaziy va periferik endokrin bezlar faoliyatining o’zgarishiga olib keladi.

Adrenalin-katexolamin,buyrak usti bezining mag’iz qismida ishlab chiqariladi, moslanishga moyillik beradigan gormon hisoblanadi, organizmning turli,ayniqsa tusatdan yuz beradigan ta’sirlar bilan “kurashi-shida”glikogenni boshqa manbalardan safarbar qilib,qonda glyukoza miqdori-ni oshirish yuli bilan organizmga energiya va moslashishni bag’ishlaydi,tomir tonusini oshiradi,g’ayritabiiy ta’sirlardan kochish kabi turli xil reaktsiya-larga yordam beradi. Adrenalin jigar va muskul hujayralarining membrana-lari tashqarisidagi maxsus retseptorlar bilan bog’lanib, hujayra membra-nasining ichki devorida joylashgan adenilattsiklazani faollashtiradi.Keyin ts-AMF glikogen –fosforilazani rag’batlantiradi,buning natijasida glikogen parchalanadi va glyukozaning miqdori ortadi.

Endokrin sistemaning idora etilishida retseptorlarning kamayishi, shikastlanishi va yo’kolib ketishi katta ahamiyatga ega. Masalan, buyrak usti bezining po’stlog’i qator gormonlarni-mineral- va glyukokortikoidlarni,undan tashqari, bu erda esterogen, androgen gormonlarni ishlab chiqaradi. Gormonlar hujayraning plazmatik membranasi orqali o’tib,nishon hujayralarga ta’sir etadi, ularning retseptorlari va tsitozoli bilan bog’lanadi. So’ngra gormon-retseptor birikmasi hujayraning yadrosiga ta’sir etib,genlarning ekspres-siyasini chaqiradi. Steroid gormonlarning kamayishi yoki sekretsiyasining mut-laqo to’xtashi periferik idora etish mexanizmlarining buzilishi va hujay-raning usishi hamda farklanishini idora etish mexanizmlarining o’zgarishiga olib keladi.

Ichki sekretsiya bezlari sistemasining a’zo va to’qimalarda maxsus kimyoviy moddalar-gormon ( hormao – ta’sirga chorlayman) lar hosil bo’lishi ularni qonga chiqib, u orqali uzoqdagi a’zolarga etib borishi va maxsus ko’rinishda samara berishi gumoral idora qilishni ta’sir qilishni ta’minlab beradi. Ularning bir qismi xujayra adenilattsiklaza sistemasi orqali, boshqalari esa yadro xromatini bor hujayra genomiga ta’sir etadi. Bunda yana boshqa idora etuvchi omil ( prostoglandin) lar ham ishtiroq etadi. Gormonlarning patologiyasida, ularning preparatlarini ko’llashda quyidagilarga,ya’ni membranalar retseptori (peptidli va oqsilli gormonlar uchun) borligini;tsitozolli retseptorlar (steroid gormonlar uchun) borligini;tsitozolli retseptorlar (steroid gormonlar uchun) borligini, qon plazmasida gormonlarni bog’lab oluvchi moddalarning borligini (“antieste-rogen”,”antiandrogen”) e’tiborga olish lozimdir.

Gormonlar ta’sir etishida yiroqdagi a’zolarga tashilishi (transpor-tirovkasi)ni qon orqali amalga oshiradigan,tizimli (sistemali) va mahalliy (loqal), o’zida hosil bo’lgan joy atrofidagi hujayralarga ta’sir etish mexanizmlarini hisobga olish ham muhimdir.

Ba’zibir, masalan, APUD deb ataluvchi (amine precursor uptake and dekarbokxylation) tizimga kiruvchi hujayralar,polipeptid yoki oqsil tabiatli gormonlarni (masalan, Langergans orolchalarining hujayralari,qalqonsimon bezning parafollikulyar hujayralari,gipofiz oldingi bo’lagining kortikotrop hujayralari) . Bundan tashqari, to’qima gormonlarini (masalan, enteroglyukagon, gastrin, sekretin) hosil qiluvchi hujayralar tafovut etiladi.Bu hujayralardan apudoma deb nomlangan hujayralar kelib chikadi.

Gormonlar ta’siri uchun asosan uchta omil xarakterlidir:

1.Maksadga yunaltirilgan (chegaralangan) nishon to’qimaga ta’sir ko’rsatish.

2.Gormonning maxsus –spetsifik, ya’ni fakat o’ziga xos (boshqa hech qanday moddalar bera olmaydigan ta’sir ko’rsatishi)

3.Yuqori samaradorlik-gormonning arzimas miqdori ham o’ziga xos javobni yuzaga keltiradi.

Gormonlarning ushbu va boshqa xususiyatlarini eksperimental sharoitda o’rganish nihoyatda muhim ma’lumotlar olishga imqoniyat beradi.Endokrin bezlarni eksperimental urganishning quyidagi uslublari bor:

  1. a) ekstirpatsiya usuli,ya’ni ichki sekretsiya bezini olib tashlash.Bunda gormon taqchilligi bilan bog’liq o’zgarishlar yuzaga keladi.
  2. b) transplantatsiya,ya’ni ko’chirib utkazish usuli.Biroq bunda muvaffakiyat asosan transplantantning normal bo’lishi bilan uni ko’chirib o’tkazilgan organizmda yashab ketishiga, revaskulizatsiyalanishi,transplantant to’qimasi mos kelishiga, ya’ni immunologik reaktsiyalarga bog’liq.
  3. v) gormonlarni toza holatda ajratib olib, ularni ta’sir etish mexanizmlarini o’

Biroq, qonda gormon,uning parchalanish mahsulotlari, qolaversa progor-monlarni,ya’ni kam biologik faollikka ega bo’lganlarini uchratish mumkin. Sekretsiyadan oldlin hujayralarda ularning to’planishi hisobiga “yirik”paro-gormonlarning hosil bo’lishi foydalidir, bu esa biologik maqsadga muvofiq ta’sir etishidan dalolat beradi.

Gormonlar ta’sirining samarasi ularning kontsentratsiyasiga to’g’ri pro-portsional bo’lsa-da, ammo hamma vaqt bunday munosabat kuzatilmaydi. Gor-monlar ta’sirining samaradorligida quyidagilar hal qiluvchi hisoblanadi:

  1. Qondagi gormon kontsentratsiyasi, gormonning sekretsiya tezligi va qondan chikib ketishi (inaktivatsiyasi).
  2. Qondagi gormonning avvalgi kontsentratsiyasi, ya’ni organizmning gormonga nisbatan javob reaktsiyasi avvalgi kontsentratsiyasiga teskari proportsional (masalan, tiroqsinning miksedemali bemorlarda metabolizmni oshiruvchi dozasi sog’lom odamlarga ta’sir ko’rsatmaydi).
  3. Gormonlarning oqsillar bilan birikishi odatda plazmatik (proteinlar bilan birikkan gormonlar inaktivatsiya holatida bo’ladi), bu ko’pincha vaqtinchalik bo’ladi. Gormon birikmadan ajralgach,uning kontsentratsiyasi qondan yuqori, samarasi esa normal bo’lishi mumkin. Ammo ba’zi kasalliklarning patogenezida ana shu birikmalarning mustahkam bo’lishi va gormon samarasining pasayishi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.

4.gormonlarning ularning nisbatan maxsus antitanalar ta’sirida inaktivatsiyaga uchrashiga.

  1. Gormonlarni parchalovchi enzimlarning faolligiga (ularning induktorlari va ingibitorlari) bog’liq.
  2. To’qimalarda halqiluvchi samara antogonist gormonlarining kontsentratsiyasiga va ularning ta’siriga bog’liq (masalan, qandli diabet kasalligida kontrinsulyar omillar-kortikoidlar,adrenalinga).
  3. To’qimalarda hosil bo’lgan gormon metabolitlar gormonning uziga nisbatan ancha faol bo’lishi va yoki karama-qarshi ta’sir ko’rsatishi mumkin.
  4. Gormonlarning ta’siri hujayralarda retseptorlar borligi va ularning faolligi bilan belgilanadi. Gormon-retseptor munosabati murakkab va bu bu masalada noaniqliklar ham ko’p. Chunonchi,ular o’z retseptorining paydo bo’lishini ko’zg’atadi, mikdorlarining ortishi esa retseptorlarning “toliki-shiga” olib kelishi mumkin. Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdi-ki, gormonlar ta’sirining samaradorligi nihoyatda murakkab omillar va jarayonlarga bog’liq. Bundan tashqari, turli individual (birinchi navbatda irsiyatga bog’liq bo’lgan) xususiyatlar bor-ki, ular bu masalaga yanada murakkablik kasb etadi.

 

 

Gormonlar ta’sirining mexanizmlari.

 

Gormonlar ta’sirida asosan quyidagi 5 mexanizm farqlanadi:     1.Adenilattsiklaza sistemasini faollashtirish yo’li bilan hujayra       membranasini glyukoza, aminokislotalar, yog’lar, suv va ionlar uchun o’tkazuvchanlikni ta’minlash.

  1. Fermentlar faolligini bevosita oshirish.
  2. Ribosomal tizimlarning oqsilli fermentlarga bevosita ta’sir etish.

4.Hujayra ichidagi jarayonning bevosita rag’batlantiruvchi-adenilattsiklaza sistemasini faollashtirish.

  1. Transkriptsiya darajasida samara ko’rsatish.

 

Endokrin idora etishning mexanizmlari.

 

Gormonlar sekretsiyasi hamma vaqt ham bir xil bo’lmaydi, bezlar vaqti-vaqti bilan gormonlar ishlab chiqariladi. Bir kunlik va uzoq davomli ritmlar farqlanadi. Ko’pchilik bezlar tashqi muxit o’aroitlari ta’sirlariga bog’liq va muvofiq ravishda faoliyat ko’rsatadi, chunonchi ular uchun davomli adaptatsiya xarakterlidir. Bu esa organizmning tashqi muxit ta’sirlariga (his-hayajonlar,sovuk, yuqori xarorat, jismoniy yuklama va h.k.) ko’ra moslanishiga imkoniyat yaratadi.

Endokrin idora etilishning asosiy mexanizmi-teskari bohlanish,ya’ni ular faoliyatining mahsulotlari ushbu faoliyatning darajasiga,sur’atiga ta’sir etadi. Hosil bo’layotgan mahsulotning mikdorining ortib chegaradan chikib ketishi faoliyatning sekinlashib to’xtashishiga (“manfiy komponent”)olib keladi va ,aksincha,mahsulotning kamayishi ular faoliyatini rag’batlantiradi (kayta-teskari bog’lanish,”musbat komponent”) .

Birinchi marta M. Zavadovskiy (1946) ichki sekret bezlari faoliyatining idora etilishidagi ana shu teskari bog’lanish qonuniyatini ochib bergan va uni musbat-manfiy o’zaro ta’sirlar deb ta’riflagan.

Teskari bog’lanish kompleksi 5 ta komponentdan tashkil topgan:

  1. Endokrin bezlar
  2. Ularning mahsulotlari (gormonlari)
  3. Gormon hosil qiluvchi metabolik uzgarishlar
  4. Gormonlarning mikdori yoki ularning qon tarkibida o’zgarishini kayd qiluvchi retseptor
  5. Bezlar va retseptorlar orasidagi aloqalar, o’zgarishlarga reaktsiya beruvchi xemoretseptorlar effektorningo’zida, ya’ni endokrin bezida joylashgan bo’ladi.

Ichki teskari bog’lanish deb nom olgan yana bir idora etuvchi teskari bog’lanish mexanizmi bor. Bu gipofiz-gipotalamus sistemasiga bog’liq. Ushbu turdagi teskari bog’lanishning asosiy ma’nosi quyidagicha: gipotalamusning ma’lum bir rilizing gormoni sekretsiyasiga adenogipofizning ma’lum gormoni tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi va aksincha.

Endokrin bezlarning boshqarilishida nerv va reflektor idora etilishi ham muhim rol o’ynaydi. Adrenalin va oksitotsin uchun nerv idora  etilishi yagonadir, boshqalari uchun teskari bog’lanish yuli bilan idora etilishiga nisbatan etakchi o’rinni egallaydi. AKTG reflektor yo’l bilan idora etilib turli, masalan og’rik, jismoniy-ruhiy yuklamalar ta’sirida ajraladi.

Gipotalamusning adenogipofiz bilan vaskulyar aloqasi adenogipofizning nerv ta’sirida idora etilishiga mos keladi. Bu erda nerv va gumoral idora etish yuli hamda vositalari kushilib, bir butun oliy darajadagi neyrogumoral o’ziga xos boshqarish markazini tashkil qiladi.

 

Bezlarning endokrin bo’lmagan idora etilishi.

Endokrin bezlarga gormonlardan tashqari metabolitlar (tug’ridan-tug’ri yoki bevosita idora etilishida qatnashuvchi mexanizm) gumoral yo’l bilan ta’sir ko’rsatadi. Qator hollarda endokrin sistema o’z-o’zini idora qilishi, moslashishi, ushbu bezni idora etayotgan gormonlarning almashinuv jarayonlarining darajasi to’g’risidagi axborotlar orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm umuman moddalar almashinuvining ularni idora idora etuvchi gormonlarning biosinteziga va sekretsiyasiga ta’sir etishi bilan bog’liq. Masalan, glyukoza va endokrin bezlarning hujayralariga qon orqali ta’sir etib, umuman karbonsuvlar almashinuvi va qonda uning mikdorini asosiy idora etuvchilari bo’lmish-insulin, glyukagonni,adrenalinni, STGni tegishli bezlarda ishlab chiqarilish darajasini tezlashtirib yoki sekinlashtirib uzgartiradi. Ana shunga uxshash jarayonni qondagi erkin yog’ kislotalarning ta’sirida ham ko’rish mumkin. Shuningdek, oqsillar almashinuvini idora etuvchi insulin va STG ning sekretsiyasi qondagi aminoqislotalarning kontsentratsiyasiga bog’liq. Aldosteron biosintezining faolligi qondagi natriy va kaliy ionlari darajasi, suv almashinuvini idora etuvchi vazopressinniki esa qonning osmotik bosimi bilan belgilanadi.

Gumoral agentlar, ya’ni modda almashinuvi mahsulotlari, biologik faol moddalar endoqrin bezlar hujayrasiga bevosita ta’sir etishidan tashqari, yana boshqa-bilvosita ta’sir ham ko’rsatadi. Masalan, buyraklarda renin sekretsiyasi simpato-adrenal sistemaga natriy va kaliy ionlari yoki MNSga osmotik bosimni oshirishi tufayli qon tomirlardagi osmoretseptorlar orqali gipofizda vapzopressin sekretsiyasiga ta’sir etishi mumkin. Shuningdek, endokrin bezlarga kaltsiy ionlari, prostoglandinlar uz ta’sirini bevosita gormonlar yoki mediatorlar bilan birikib amalga oshiradi.

Gumoral omillarning endokrin funktsiyalariga bevosita yoki bilvosita ta’sirlari manfiy teskari bog’lanish printsipida yuz beradi, ya’ni tegishli gormon chaqirgan natija ularning qondagi uzgargan urnini koplashga yo’naltirilgan bo’ladi. So’nggi vaqtda endokrin bezlarning faoliyatini rag’batlantirishda gormonal bo’lmagan omillar, ayniksa patologik sharoitlarda maxsus ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan moddalar qiziqish uyg’otmoqda. Bunday moddalar yoki birikmalarga LATS (long acting thyroid stimulator ) deb nomlangan va qalqonsimon bezga nisbatan autoantitana (ya’ni bez uchun autoantitana) hisoblangan, davomli ta’sir etuvchi tireoid gormon ishlab chiqarilishini rag’batlantiruqchimodda kiradi. Ana shunday autoantitanalar boshqa endokrin bezlarning maxsus oqsillariga nisbatan ham hosil bo’lishi mumkin va ular bezlar uchun kanchalik darajada fiziologik idora qilinuvchilar xisoblansa, shunchalik darajada patogen omillar bo’lishi mumkinligini inkor etib bo’lmaydi.

Endokrin buzilishlarning etiologiyasi.

  1. Irsiy nuqsonlar (ko’proq jinsiy bezlarda) tufayli endokrin bezlarning (ko’proq qalqonsimon bez,oshkozon osti bezi,buyrak usti bezining pustloq qismida) biosintezi, gormonlarning tuzo’ilishi, tashilishi va almashinuviga oid u yoki bu enzimopatiyalar.
  2. Alimentar omillarga (masalan,ovkat tarkibida yod taqchilligi tufayli ba’zi viloyatlarda endemik bukoq,shuningdek oqsillar, ba’zi vitaminlar taqchilligiga va h.k.) bog’liq sabablar.
  3. Yallig’lanish, infektsion agentlar ta’siri autoimmun va autoagressiv xarakterga ega bo’lgan kasalliklar (masalan, autoimmun o’zgarishlar, tireoidit,gipertireoz va gipoqortitsizmga olib keladi). Yallig’lanish va autoimmun endokrin kasalliklarning etiologiyasida,ayniksa virusli infektsiyalarning roli katta.
  4. o’smalar va bunda endokrin bo’lmagan ta’zolavrda o’sma metastazi tufayli hatto hujayralar tomonidan gormonlar ishlab chiqarilishi-gipergormonal holatning yuzaga kelishi(masalan, oshkozon osti bezining usmasini STGni ishlab chiqarishi mumkin va buning natijasida akromegaliya rivojlanishi kuzatiladi.
  5. Parazitlar ta’siri- degenerativ va granulematoz jarayonlar endoqrinopatiyaning sabablari bo’lishi mumkin ( sklerodermiya, amiloidoz, sarkoidoz, toqsoplazmoz va h.k.).
  6. Jarrohlik muolajalariva idora etuvchi gormonal dori vositalarini yuborish natijasida yuzaga keluvchi endokrinopatiyalar uchraydi(strumektomiya natijasida-gipoparatireoz,endokrin bo’lmagan kasalliklarda kortikoidlarning katta dozalari bilan davolash oqibatida va h.k.)

Endokrin buzilishlarning tipik ko’rinishlari.

     Gormonlarning biologik va fiziologik samarasi (effekti) organizmning hamma faoliyati va jarayonlariga taaluqlidir. Embrional davrdan (masalan, onaning va yuldoshning gormonlari) boshlab va ayniksa ichki sekret bezlari shakllanishi bilanoq, to umrning oxirigacha gormonlar organizmning anatomik,morfologik va fiziologik xususiyatlarining barcha jabhalariga o’zigaxos chukur ta’sir ko’rsatib boradi. Masalan, organizmning o’sish davrida o’sish jarayoning buzilishi gipofiz adenomasi va gormonining ko’p hosil bo’lishida gigantizmga (katta yoshdagilarda akromegaliyaga), kamayishiesa,ya’ni STGning kamayishi gipofizar nanizmga olib keladi, o’sishning buzilishi gipotireozda ham kuzatiladi, shuningdek jinsiy bezlar patologiyasida-gonadotrop sistemadagi nuqsonlar hisobiga ham yuz berishi mumkin. Odatdagidan ertaroq jinsiy etilish (balog’atga etish), o’sishning vaqtinchalik tezlashishi yoki sekinlashishi,to’xtashi ham ushbu bezlarpatologiyasi,ayniqsa jinsiy bezlar faoliyatiga bog’liq. Shuni ham aytib o’tish lozim-ki, o’sishning buzilishifakat STG, tireoid,jinsiy gormonlar sekretsiyasining buzilishiga bog’liq emas, u irsiy buzilishlar,buyrak,yurak kasalliklari va ovkatlanishning  etishmasligiga ham u yoki bu darajada aloqador.

Semizlik giperkortikalizm, adipozogenital distrofiya va giperinsulinizmning ba’zi shakllari uchun xos hisoblanadi. Ozg’inlik esa ko’pincha gipertireozda,diabetning ayrim turlarida,feoxromatsetomada va gipofizning total etishmasligida kuzatiladi.

Ishtahaning oshishi-gipertireozda va ba’zi gipotalamik shikastlanishlarda, pasayishi esa giperinsulinizmda kuzatiladi. Miksedema,addisonizm va giperkaltsemiyada mutlako ishtahasizlik kuzatiladi.

Tireopatiyada moddalar almashinuvi o’ziga xos (masalan,gipertireozda gipermetabolizm,gipotireozda gipometabolizm) kuzatiladi. Gipofiz va TTGning taqchilligi bilan bog’liq pangipopituarizm asosida gipometabolizm yotadi.

Suv almashinuvining buzilishi shikastlanish va infektsiyalarda poliuriya vapolidipsiya bilan davom etadi. Qandli diabet,giperparatireoz birlamchi aldosterinizm va renal tubulyar sindrom (tubulyar atsidoz) asosida tungi poliuriyada kuzatiladi.

Endokrinopatiyalarda ko’pincha natriy,kaliy va kaltsiy almashinuvlaribuziladi.Chunonchi, buyrak usti bezining po’stloq qismi  faoliyati o’zgarganda ko’proq natriy va kaliy almashinuvi buziladi.Natriy va organizmda suvning ushlanib qolinishi,masalan giperkortikalizmda, chiqarib yuborilishining kuchayishi esa gipokortikalizmda uchraydi. Kortizol va aldosteronning haddan oshib ketishi esa gipokaliemiyaga olib keladi. Vazopressinni haddan oshib ketishi giponatriemiyani chaqiradi. Qandsiz diabetda qonning quyuqlashib ketishi,gipernatriemiya bilan kuzatiladi.

Titonik xurujlar bilan davom etadigan gipoparatireozda gipokaltsemiya kuzatiladi,bundan tashqari gipokaltsemiya osteomalyatsiya,raxit,gipertenziya va poliuriya bilan o’tadigan va birlamchi aldosteronizmda ham kuzaliladi.

Giperkaltsemiya giperparatireozga xos ko’rinish bo’lib, u suyaklarning deminerallanishi, sinishi va kistalar (bushliklar) hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.Buning asorati sifatida ko’pincha nefrolitiaz qayd qilinadi.

Ayollarda menopauza davrida kuzatiluvchi osteoporoz jinsiy gormonlarning taqchilligi, ularning protein anabog’liq ta’sirining yo’kotilishi bilan tushuntiriladi.

Yog’lar almashinuvi-gipertireozda giperxolesterinemiya,gipotireozda esa gipoxolesteriemiya bilan namoyon bo’ladi. Giperlipemiya-qandli diabet, akromegaliya va Itsenko-Kushing sindromiga xos asorat hisoblanadi.

Ba’zi endokrinopatiyalar terida o’zgarishlar keltirib chiqarishi bilan kuzatiladi. AKTGning haddan tashqari oshib ketishi Addison pigmentatsiyasiga olib keladi, gohida unga vitiligo ham qo’shilishi mumkin. Gipertireozda ko’pincha homiladorlarda uchraydigan jigar rang dog’larning paydo bo’lishi kuzatiladi. Esterogenlar miqdorining ortishiham giperpigmentatsiyaga sabab bo’ladi. Miksedesada teri”limon po’stlog’ini” eslatadi,gipogonadizmda esa teri mumsimon bo’lib koladi, gipopituitarizm va gipotireozda ko’plab ter ajralishi kuzatiladi.

Ushbu misollardan ko’rinib turibdiki,ichki sekret bezlarining mahsulotlari-gormonlar organizmning morfologik-fiziologik xususiyatlariga, turli jarayonlarning yuzaga kelishi,rivojlanishi, yunalishi va oqibatlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik hollarda esa hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ushbu faoliyatning buzilishida qonda,to’qimalarda,a’zolarda chuqur o’zgarishlar ro’y berishi mumkin.

         Endokrin buzilishlarning patogenezi.

Barcha endokrin buzilishlarning boshlang’ich manbai-joyiga qarab ularni 3 guruhga bo’lishmumkin:

  1. Bezlarning o’zidan kelib chikuvchi.
  2. To’qimalardagi o’zgarishlar tufayli yuzaga keluvchi
  3. Markaziy idora etuvchi tuzilmalarning shikastlanishi natijasida kelib chiq

 

Endokrin buzilishlar, birlamchi buzilishi yoki sababi va boshqalardan kat’i nazar gipo-, giper- yoki disfunksiyalarga xos ko’rinishlar bilan namoyon bo’ladi. Ularni umuiylashtirib endokrinopatiyalar deb ataladi.

Joylashgan o’rni va boshlangich sababiga ko’ra chetdagi bezlar tuzilishi va faoliyatining buzilishlari – birlamchi (bezlarning uzida boshlangan) deganda adenogipofiz, ikkilamchi – yani ularning faoliyatini bevosita idora etuvchi, uchlamchi – yuqori yoki markaziy darajada idora etuvchi gipotolyamik buzilishlarga bog’liq bo’lgan turlari farqlanadi.

Disfunktsiya – bezning gipo- va giperfunktsiyasi buzilishining qo’shilib kelishi yoki o’sha bez sekretsiyasining miqdoriy va sifatiy o’zgarishi tushiniladi (masalan, buyrak usti bezining po’stloq qismida enzimatik buzilishlar xisobiga yuz beradigan adrenogenital sindromda kortizol hosil bo’lishi va sekretsiyasining kamayishi yoki mutloq to’xtashi), giperkotetizm – AKTG sekretsiyasini kuchaytiradi, bu esa po’stloq androgenlarini ishlab chiqarilishini kuchaytirib, virilizatsiyaga olib keladi. Buyrak usti bezining pustloq qismini bir vaqtda gipofunktsiyasi (gipoqortikalizm) va giperfunktsiyasi (androgenlarning ko’plab ajralishi) kuzatilishi mumkin. Disfunktsiya tushunchasiga yana bez tomonidan “normal bo’lmagan” gormonlarni ishlab chiqaruvchi xolat (masalan, faol gormon urniga paratgormon ishlab chiqarilishi) xam kiradi.

To’qimalardagi buzilishlar- asosan gormonlarning to’qima-birinchi navbatda nishon xujayralar tomonidan kabul etilishi,uzlashtirilishi va umuman metabolizmi bilan bog’liq bo’ladi. Biroq ikkilamchi (teskari boglanish sistemasi ta’sirida) ravishda bunda endokrin bezlarning faoliyatida buzilishlar xam yuz berishi extimoldan xoli emas.To’qima giperfunktsional buzilishlari progormonning gormonga to’qimada konversiyasi (qayta uzgarishi) kuchayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin (masalan, digidrotestesteronni ko’plab hosil bo’lishida girsutizmning rivojlanishi,jigar kasalliklarida estronlar inaktivatsiyasini buzilishi ginekomastiyani keltirib chiqaradi, aldosteronperiferik degradatsiyasining buzilishi-gipertenziyaga olib keladi va x.k.).

Gormonal-faol xavfli o’smalar uziga xos maxsus guruxni tashqil qiladi va gipergormonal endokrinopatiyani chakiradi.Bunda ma’lum gormon ishlab chiqaruvchi bezning faoliyati teskari boglanish sistemasining ta’siri sababli tormozlangan bo’ladi.

To’qima psevdo(yolg’on)gipofaoliyati xolatidagi etishmobchilik bezningnormal faoliyatida xam kuzatilib,keyinchalik ikkilamchi buzilishlarga olib kelishi mumkin.

To’qimalarda retseptorlarning bo’lmasligi yoki ular sonining nixoyatda kam bo’lishi gormonlar ta’sirini sezmaslikka sabab bo’ladi.

Progormonning gormonga aylanishining buzilish soxta gipofaoliyatining yana bir sababi bo’ladi (masalan, testosteronga nisbatan sezgirligining kamayishida testikulyar feminizatsiya sindromining rivojlanishiga olib keladi).

Insulinga qarshi mavjud bo’lgan yuqori titrli antitanalar ta’sirida insulinga nisbatan rezistentlik kelib chikadi, Langergans orolchalaridagi betta-xujayralar gipertrofiyalanadi va oqibatda gipoglikemiya o’rnini koplashga barcha imkoniyatlar safarbar etiladi, nixoyat insulin apparati xoldan toyadi, natijada atrofiyaga uchraydi.

Ba’zida gipogormonal sindrom jigarning mikrosomal enzimatik sistemasi faollashishi xisobiga yuzaga kelishi mumkin (masalan,barbituratlar steroid gormonlarning inaktivlanishi tufayli, bu esa ba’zi dorilarning salbiy ta’siridan dalolat beradi).

(Visited 3 045 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!