EKZEMADA

EKZEMADA
Bu kasallik terining allergik xastaligi hisoblanib, surunkali kechadi. Ekzema bilan og’rigan bemorni davolashda ko’proq maxsus parhez taomlar, sut mahsulotlari, o’simliklardan tayyorlangan taomlar tavsiya etiladi. Sho’r, achchiq va kuchli ovqatlarni eyish man etiladi. Haddan tashqari kuchli ta’sir ko’rsatadigan taomlar ekzemaning kuchayishi va uning asosiy belgilaridan biri bo’lgan qichishish holatini yanada oshiradi.

Bundan tashqari, teri ekzemasi bilan og’rigan bemorning ichi doimo normal tarzda kelib turishi kerak. Buning uchun unga ko’proq ich suradigan vositalar berish yo’li bilan ichakni va oshqozonni tozalab turish, organizmni salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan zararli moddalardan asrash tavsiya etiladi.

Ekzemani davolashda 200 gramm na’matak, 100 gramm qichitqi o’ti va yong’oqning yashil po’stlog’idan (ularning hammasi quritilgan bo’lishi lozim) olib, yarim litr suvda 10 daqiqa qaynatiladi. U bir kecha-kunduz davomida
tindirib qo’yiladi, so’ng dokadan o’tkaziladi. Shundan 2 oshqoshiq olib, 50 gramm asal bilan 50 gramm yangi tvorogga aralashtirib, ekzemaga 3 mahal 20 daqiqaga qo’yiladi.

(Visited 1 496 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!