Duduqlanish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari oldini olish haqida malumot

Duduqlanish

Duduqlanish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari oldini olish haqida malumot

 

Duduqlanish — tutilib gapirish, nutqning buzilishi, harf va bo’g’inlarni tutilib-tutilib, yoki bir necha marta qaytarib talaffuz qilishdir. Odatda bu holat bog’cha va maktab yoshidagi o’g’il bolalarda ko’proq uchraydi.

Duduqlanish qo’rqish, hayajonlanish, oiladagi nosog’lom muhit, shovqin-suron, yuqumli kasalliklar, boshga shikast etishi, tug’ma irsiy omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin. Ba’zan otaonalar, qarindosh-urug’lar yoki boshqa bolalarning duduqlanib gapirishi ham sabab bo’ladi.

Ko’pincha tashqi muhit ta’sirotlaridan salga cho’chiydigan bolalar tez orada duduqlanib gapiradigan bo’lib qoladi. Tinch-totuv oilalarda hamda ahil bolalar jamoasida duduqlanish davosiz ham o’tib ketishi mumkin. Lekin ko’pchilik bolalarda bu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi, ba’zan (ayniqsa, o’spirinlarda) zo’rayib ham boradi. 25-30 yoshdan keyin duduqlanish kamayadi, balog’atga etgan vaqtda va keksa kishilarda juda kam uchraydi.

Duduq bolalar o’zidagi bunday etishmovchilikdan ancha iztirob chekadi, hatto o’rtoqlariga qo’shilishdan, birga o’ynashdan ham iymanadi. Ko’pchilik ichida gapirishga uyaladi va duduqlangan vaqtda qizarib, terlab ketadi. Shuning uchun boshqa bolalarga qaraganda tortinchoq, uyatchan, biroz jahddor bo’ladi.

Hovliqib, to’lqinlanib gapirgan vaqtida duduqlanish zo’rayadi, ayrim hollarda beixtiyor qo’l, oyoqlar qimirlab, yuz mushaklari uchib turadi. Duduqlanadigan bolalar qancha erta davolansa, shunchalik yaxshi. Eng zaruri oilada va bolalar jamoasida tinch- osoyishta sharoit yaratib, o’zaro munosabatni yaxshilash, boladagi nuqsonni yuziga solmaslik zarur. Ba’zan bunday bolalarni boshqa bog’cha, maktabga o’tkazish ijobiy natija beradi.

Davolashda shu soha mutaxassisiga (logopedga) murojaat qilish kerak, u ruhiyasab shifokori iiggirokida bolalar bilan maxsus reja bo’yicha mashg’ulot o’tkazib, ularni uyalmasdan bemalol gapirishga o’rgatib boradi. Ba’zi bolalarni davolashda organizmni umuman mustahkamlovchi, tinchlantiruvchi dorilar yaxshi naf beradi.

Duduqlanish davolash

* Sarv (kiparis)ning bargi va mevasidan bir choy qoshigini sirli idishga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi hamda past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, og’iz chayiladi.

* Muskat yong’og’idan bir bo’lakchani til ustiga qo’yib, 15-20 daqiqa shimiladi.

* Kuniga 3 mahal bir g mumiyoni sutga qo’shib ichish tavsiya etiladi.

* Igir ildizidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, 2 stakani ichiladi, qolgani bilan og’iz chayiladi.

(Visited 7 times, 1 visits today)

Related posts