Dog’lar uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida kerakli malumot

DOG'LAR

Dog’lar uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida kerakli malumot

 

Sarg’ish-jigarrang doglar ko’pincha homilador ayollarda bo’ladi. Bu dog’lar bola tug’ilgandan keyin ham uzoq saqdanadi. Ayrim hollarda ayollarning jinsiy a’zolari, masalan, bachadon mushak qavati yallig’lanishi sababli dog’lar paydo bo’ladi. Ayollarda va erkaklarda (pigment) dog’lar jigar kasallanganda va gelmintozda, gijjalar kasalligida ham ko’p uchraydi.

Inson organizmida ayrim darmondorilar etishmasligi yoki biror bez faoliyatining buzilishi natijasida yuzda va tananing turli erida dog’lar paydo bo’lishi mumkin. Teri ustidagi dog’larning ko’pchiligi insonning yuz qismida uchraydi. Tabiat ne’matlari bilan dog’larni muvaffaqiyatli davolash mumkin.

* Sarimsoq kuliga teng miqdorda asal qo’shib, dog’larga surtilsa, foyda qiladi.

* Turp urug’ini yanchib, aroqda tindirib, yuzga surtilsa, dog’larni ketkazishga yordam beradi.

* Turpni qirg’ichdan o’tkazib, smetana yoki o’simlik moyi bilan aralashtiriladi. Keyin yuzga surtilsa, terini oqartiradi, oziqlantirib, ko’rkam tus beradi. Mazkur amal qo’llangandan so’ng yuz sovitilgan sut bilan artiladi.

* Turp sharbati toza asal va smetana bilan aralashtiriladi. Undan yuzga niqob qilinsa, yuz terisini taranglashtirib, dag’allashishdan saqlaydi. Buning uchun bir osh qoshiq turp sharbatiga bir osh qoshiqtsan asal hamda smetana qo’shib, obdon aralashtiriladi, 5-6 marta teriga surtiladi va 20 daqiqadan so’ng yuviladi.

* Turp urug’ini maydalab, sirka bilan aralashtiriladi va bir kun saqlanadi. Kuniga 3 mahal 10 kun surtilsa yoki bog’lab qo’yilsa, yuzdagi dog’lar yo’qoladi.

* Turp urug’i eb turilsa, yuzdagi dog’ni ketkazadi.

* Tarvuz etini ezib, 10-15 daqiqa yuzdagi dog’larga surtiladi. Teri quruqbo’lsa, avval zaytun yog’i yoki makkajo’xori moyidan surtib, keyin 5-7 daqiqa issiq bozillama qilinadi. Buning uchun sochiq choy sodasi solingan issiq suvga (bir litr suvga bir choy qoshiq choy sodasi solinadi) shimdiriladi. Issiq bozillamani moychechak damlamasidan ham qilish mumkin.

* Greypfrutning sharbati yoki eti yuzning sepkil va pigmentli dog’lariga surtiladi.

* Xalq tabobatida yuzdagi pigment dog’larni ketkazish uchun qovun etining qaynatmasi surtiladi.

* Yuz rangini tiniqlashtirish uchun non uvoqdarini suvda ivitib, suzib olinadi. Keyin unga tuxum oqini qo’shib aralashtiriladi va yuzga surtiladi.

* Homilador ayollarda sepkil va qora dog’lar uchraganda ularni ketkazish uchun ko’proq rediska va sut iste’mol qilish kerak.

* Tana va yuzdagi dog’larni ketkazish, rangini tiniqlashtirish uchun no’xot va ilitilgan tuxum, go’sht seli va xushbo’y vino iste’mol qilish hamda anjir eyish tavsiya etiladi. Anjir teriga qarab haydaladigan suyuq qon paydo qiladi, shu sababli ham terini tiniqlashtiradi va semirtiradi.

* Teridagi dog’lar bodring sharbati bilan artib turilsa, ularni ketkazadi.

* Kartoshka kraxmalidan olib, teng miqtsorda limon sharbati qo’shib aralashtiriladi. Keyin yuzga surtilsa, terini yaxshi oqartiradi.

* Kartoshkani mayda qirg’ichdan o’tkazib, bo’tqa qilinadi. Unga bir qoshiq sut, bodom kepagi va bir necha tomchi zaytun yog’i qo’shib aralashtiriladi. Shundan sepkil va pigment dog’lar bor yuzga niqob qilinadi.

* Limon sharbati pigment dog’lar va sepkillarga surtib turilsa, yuzni yaxshi oqartiradi.

* Xalqtabobati pigment dog’lar va sepkillarni yo’qotish, yuzni oqartirish uchun quyidagi usulni tavsiya etadi. 2 osh qoshiq 3 %li vodorod peroksidi eritmasiga bir osh qoshiq limon sharbati qo’shib, unga doka yo salfetka shimdiriladi. 15-20 daqiqa, doglar ketguncha yuzga qo’yish tavsiya etiladi.

* Pomidor sharbatiga teng miqdorda sut qo’shib, yuzning pigment doglariga surtilsa, yaxshi oqartiruvchi samara beradi.

* Pomidor sharbatiga doka yo salfetkani shimdirib, dog’li yuzga 40-60 daqiqa niqob qilib qo’yiladi. Niqobni olgandan so’ng yuzni yuvib, quritib, ozuqali moyupa surtiladi.

* Qora smorodina (qorag’at) mevasining sharbati dog’li yuzga kuniga bir necha bor surtiladi.

* Qora smorodina mevasining sharbati dog’li yuzga har kuni 10-15 daqiqa niqob qilib qo’yiladi.

* Qora smorodina mevasidan bir hovuchiga bir choy qoshiq asal qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin yuzga yarim soat niqob kdlib qo’yiladi. Niqob ustiga limon sharbati solingan suv surtiladi.

* Oddiy bodrezakning yangi sharbati dog’li yuzga surtilsa, yaxshi foyda qiladi. Teridagi qo’tir, husnbuzarga surtilsa ham yuqori samara beradi.

* Oddiy bodrezak sharbati bilan tuxum oqi teng miqtsorda aralashtiriladi. Pigmentli dog’larga, sepkilga surtilsa, yaxshi foyda qiladi.

* Yongoq po’stlog’ini ezib, sirka bilan xamir qilib yuzga surtilsa, terini qizartiradi.

* Daraxt tanasidagi zamburug’dan 0,8 g dan iste’mol qilinsa, yuz go’zallashadi.

* Baqlajon suvidan yuzga surtilsa, dog’lar va yaralar o’rni ketadi. Baqgajonni kesib, yuzga ishqalansa ham dog’lar yo’qoladi.

* Yasmiqni pishirib, qovun urug’ini maydalab, aralashtiriladi. Yuzga surtilsa, rangni ochadi, teri sariqligini bartaraf etadi.

* Terini har xil dog’lar va ajin tushishdan saqlashda quyidagi muolaja qilinadi. Bir osh qoshiq suzma, bir dona tuxum oqi va bir osh qoshiq o’simlik yog’i yaxshilab aralashtiriladi. Yuzga surtilgach, 20-25 daqiqadan keyin iliqsuvda yuviladi.

* Misr ayollarining ta’kidlashlaricha, agar yuzda har xil sepkil va dog’lar bo’lsa, muntazam ravishda qum niqobi qilib turilganda ular ketib, yuz terisi yosharar ekan. Ko’z ostidagi va boshqa ajinlar tekislanib, yo’qolarkan. Buning uchun Quyosh nurida qizigan qumdan foydalanish kerak.

* Tuzlangan karam suvi dog’li, sepkilli yuzlarga surtilsa, ularni oqartiradi.

* Ertut mevasidan bir osh qoshig’ini bir stakan sovuq suvga solib, bir soat tindirib qo’yiladi. Pigment dog’li va sepkilli yuz terisiga kuniga 2-3 mahal surtish tavsiya etiladi.

* Xalq tabobati dog’lar, sepkillar va husnbuzarlarni ketkazishda qayin sharbatidan foydalanishni tavsiya etadi. U bilan ertalab yuzni yuvish va dog’larga surtish kerak.

* Rovoch ildizini maydalab, sirka bilan qo’shib surtilsa, yuz chiroyli bo’ladi.

* Mirt mevasini loviya uni bilan qo’shib, xamir qilinadi. Yuzga surtilsa, dog’larni yo’qotadi.

* Xantal tolqonidan 70 g, bodom yog’idan 10 g, limon sharbatidan 10 g olib aralashtiriladi. Har kuni dog’larga surtiladi.

* Har kuni bodring va turli xil piyoz sharbatlari bilan yuz terisini artish kerak.

* Bodringni mayda to’g’rab, shisha idishga solib, ustiga aroq quyiladi. Keyin 2 hafta quyoshda saqlanadi. Tayyor bo’lgan damlama bilan dog’lar artiladi.

* Sutdan 3 hissa, vino spirtidan bir hissa olib aralashtiriladi va yotish oldidan yuzga surtiladi.

* Bir necha kun yotish oldidan dog’li yuzni tuzli suv bilan yuvib, o’zi qurigach, yuz artiladi.

* Petrushka ildizining quyuq qaynatmasiga ozroq limon sharbati qo’shib, ertalab va kechqurun dog’li yuz artiladi.

* Dog’li yuz ertalab va kechqurun sabzi, piyoz va qoqio’t sharbati bilan artiladi.

* Erqalampirdan tayyorlangan iliq damlama bilan dog’li yuz yuviladi.

* Marjon daraxti gulining qaynatmasidan dog’lar, sepkillarni ketkazishda foydalaniladi. Buning uchun bir necha qavat salfetkani qaynatmaga shimdirib, kuniga bir mahal har 5 daqiqada yuzga qo’yib turiladi.

* Yuz dog’ida quyon sutini ichish tavsiya etiladi.

* Biya sutini pishirib iste’mol qilinsa, yuz rangi qizil bo’ladi.

* Achchiq bodomni hovonchada yanchib, sirka bilan aralashtirib, yuzga surtilsa, barcha dog’larni ketkizadi.

* Achchiq bodomni maydalab, vinoga qo’shib yuz yuvilsa, sepkil va dog’lar yo’qoladi.

* Qo’y qumalog’ini ezib, teng miqdorda arpa uni bilan qorishtiriladi. Qozonga solinadi va ko’madigan miqdorda suv quyib, suvi qolmaguncha qaynatiladi. Keyin aralashmani quritib, hovonchada yanchiladi, sirka bilan aralashtirib, yuzning dog’ tushgan joyiga surtiladi. Bir necha kun davomida shu muolaja qilingandan so’ng yuzdagi dog’lar yo’qola boshlaydi.

* Petrushkaning yangi uzilganidan siqib olingan sharbati yuzdagi dog’larni, sepkilni ketkazadi. Chivin va ari chaqqanda ham jarohatlarni davolashda yaxshi foyda beradi.

* Petrushkaning yaprog’i va ildizi yarim soat past olovda qaynatiladi. Biroz sovigach, unga yumshoqmatoni shimdirib, yuzga yopishtiriladi. Bu muolaja haftada 2 marta takrorlansa, yuz terisi tiniqdashadi.

(Visited 1 344 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!