Depressiya uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

Depressiya

Depressiya uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

 

Ilmiy tibbiyotda depressiya, xalq tabobatida ruhiy tushkunlik deb ataladigan kasallik kayfiyat buzilishi, ruhiy jarayonlarning sekinlashuvi va jismoniy o’zgarishlar (umumiy tonusning susayishi, harakat qiyinlashuvi, ovqat hazm bo’lishi va uyquning buzilishi) bilan kechadigan holat. Bu jarayonning alomatlari turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, ruhiy tushkinlik, g’amginlik, ma’yuslik, qatgiq siqilish, dunyoga sig’may o’ziga o’lim tilash, ruhiy jarayonlarning sekinlashuvi, o’ylash qobiliyatining yo’qolishi, «fikr to’xtab qolishi», aqliy ishni bajarishga qobiliyatsizlik, harakatlarning sekinlashuvi, biror vaziyatda soatlab qotib turish kabilarda namoyon bo’ladi.

Surunkali o’ta toliqish, uzoq vaqtgacha ruhiy ozor etkazib turadigan sharoitlar (holdan toyish depressiyasi), oila, ish joyidagi nosog’lom muhit, noo’rin kamsitilish, tahqirlanish kabilar sabab bo’lishi mumkin. Katgaroq yoshdagi odamlarda u ba’zan yuqumli kasalliklar (masalan, gripp)dan keyin paydo bo’lishi mumkin. Markaziy asab tizimini tinchlantiruvchi dori-darmonlarni shifokor nazoratisiz ko’p ichish ham uzoq davom etadigan ruhiy toliqish holatini keltirib chiqarishi mumkin. Tushkunlik, g’amginlik ruhan zaif yoki qat’iyatsiz odamlarda (ruhiy iztirobli, irsiy meros, markaziy asab tizimi shikastlangan, surunkali alkogolizmga mubtalo bo’lgan kishilarda, jinsiy faoliyatning susayishi davrida va b.) salga paydo bo’laverishi mumkin.

Tushkunlik, g’amginlik hamisha davo talab qiladigan holatdir. Idrok etishning o’ziga xos tabyati va atrofdagi voqea-hodisalar va narsalarga baho berish tushkunlikka tushgan, g’am-g’ussaga botgan bemorga qattiq ozor etkazadi. Hamma narsa «ko’ziga yomon ko’ringanda» arzimagan gap-so’z uni nizo chaqirishga, yaqin kishilari bilan aloqani uzishiga, hatto o’z-o’zini o’ldirishigacha olib kelishi mumkin. Ruhiy tushkunlik og’irlashgani sari bemor harakatlari susayib, siqilganidan qattiq iztirob chekadi. Kasallikning alomatlari ro’y-rost bor bemorlar albatga, shifoxonada davolanadilar. Xalq tabobatida ruhiy tushkunlikni davolashda eng avvalo, asab tizimini mustahkamlaydigan vositalardan foydalaniladi.

Depressiya uy sharoitida davolash

* Yalpiz bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. Ertalab va kechqurun uyqudan oldin yarim stakandan uyqusizlikda, asab buzilishlarida ichiladi.

* Oshqovoqni suvda yoki bug’da pishirib, iste’mol qilinsa, safrodan paydo bo’lgan g’amginlikni yo’qotadi.

* Muskat yong’og’idan eb turish ishtahani ochadi, ko’ngilni yozib, kishini shod qnlaoi.

* Qushtoron (qiziltasma) o’tidan 2-3 osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal asabiy zo’riqig’tsda, madorsizlikda ichiladi.

* Gazako’tning o’ti va ildizidan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan madorsizlikda va asabiy zo’riqishda ichiladi.

* Qitirning ildizi va ildizpoyasini 1:10 nisbatda olib, ustiga 70 % li spirt quyiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin 30-40 tomchidan asabiylikda, depressiyada ichiladi.

* Somonning maydalanganidan 3 osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, o’rab damlab qo’yiladi. Kun bo’yi tinchlantiruvchi va mador beruvchi vosita sifatida ichiladi.

* Astra (qashqargul) gulidan bir yoki 2 osh qoshig’i ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, bir soat uy haroratida saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal 1-2 osh qoshiqdan tinchlantiruvchi vosita sifatida ichiladi.

* Jeno’nenning maydalangan ildizi va bargidan 1,5:10 nisbatda olib, ustiga 50- 60 % li spirt quyiladi. Kuniga 2-3 mahal 15-20 tomchidan ichiladi.

* Jeno’nenning quritilgan ildizi va bargidan 1:10 nisbatda olib, ustiga qaynoq suv quyiladi va biroz damlab qo’yiladi. Kuniga bir choy qoshikdan ichilsa, hayotiy quvvatni oshiradi.

* Navro’zgulning ildizi va bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 8 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2 osh qoshiqdan ichiladi.

* Navro’zgulning maydalangan ildizi va bargidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlanadi. Choy kabi ichiladi.

* Qizdirilgan temir solingan suv kuniga 3-4 mahal 1G’3 stakandan ichiladi.

* Terak bargidan damlama tayyorlab, vanna uchun ishlatiladi.

* Somondan olib damlama tayyorlab, vanna uchun ishlatiladi.

* Depressiya kasalligi bor bemor kamida 1 -2 oy yovg’on taomga o’tishi lozim.

* Bemor choy, shokolad, qahva, shakarni ko’p iste’mol qilsa, depressiya holati yanada chuqurlashib ketadi.

* Chekish va alkogol tushkunlikni og’irlashtiradi.

* Issiq vanna, dush va badanga zaytun moyi yoki boshqa yog’dan surtish hamda atrofdagi tinch sharoit bemorning hayotiy quvvatini tiklab, depressiyadan tez chiqib ketishiga yordam beradi.

* Bemor yolg’iz qolig’tsdan qochishi lozim. Kayfiyatini ko’taradigan yoqimli kishilar bilan ko’proq muloqotda bo’lishi kerak. Janjalli, ziddiyatli holatlardan qochib, kayfiyatini mustaqil oshirishni o’rganishi kerak, chunki yaxshi kayfiyat organizmga kuch bag’ishlaydi.

* Depressiyadan asal xalos etishi mumkin. Kechki ovqatda bir osh qoshiq asal eyish yoki bir stakan asalli suv (bir osh qoshiq asalga bir stakan qaynatilgan iliq suv) ichiladi.

* Igir ildizidan 100 g olib, ustiga bir litr vino quyiladi va 15 kun saqlanadi. Vaqgi-vaqgi bilan idish chayqatib turiladi, salqin joyda saqlanadi. Kuniga ovqatdan oldin 1G’3 stakandan ichiladi.

* Dalachoy o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovda 10-15 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal chorak stakandan ichiladi. Davolanish muddati 1-2 oy.

(Visited 543 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!