Charchash, madorsizlik, uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

charchoq

Charchash, madorsizlik, uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Madorsizlik, toliqish, charchash haddan tashqari jismoniy va aqliy mehnat qilish natijasida odam organizmi ish qobiliyatini vaqtincha pasayishga olib keladigan fiziologik holat.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Etarli dam olmasdan zo’riqib ishlash, kuchli shovqin, havo bosimi, boshqalar shular jumlasiga kiradi. Akdiy charchash mehnat unumdorligining kamayishi, e’tiborning susayishi, fikr o’tmaslashuvi va boshqalar bilan xarakterlansa, jismony charchash mushaklar kuchi, tezligi, aniqligi muvofiqligi va bir tekisda harakatlanish kabi faoliyatlarning buzilishi bilan kechishi kuzatiladi. Odatda, charchoqyaxshi dam olish, miriqib uxlash bilan bartaraf qilinadi.

Madorsizlikni, bosh og’rig’ini asosan, vaqtida ovqatlanmaslik, ish tartibiga to’g’ri rioya qilmaslik, yaxshi dam olmaslik, asabiylashish kabi omillar keltirib chiqarishi aniqlangan. Ma’lumki, odam organizmidan muntazam ravishda ko’p quvvat hamda hujayra va to’qimalar tarkibiga kiradigan kimyoviy moddalar sarflanib turadi.

Ana shu sarflangan moddalar o’rnini ovqat eyish natijasida paydo bo’ladigan oziq moddalar qoplaydi. Odamning mehnat qobiliyati, ish unumi, sihat-salomatligi, qancha umr ko’rishi ko’p jihatdan to’g’ri ovqatlanishga bog’liqdir. Shu boisdan organizm qoplash uchun zarur bo’lgan oziq modtsalar, oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar va darmondorilar ovqatda ma’lum nisbatda bo’lshpi zarur. Inson salomatligida boshqa moddalar qatori vitaminlarning ahamiyati g’oyatda katta. Ular organizmdagi moddalar almashinuvida va hazm qilish jarayonida muhim rol o’ynaydi, hujayra hamda to’qimalarning o’sishiga va tiklanishiga yordam beradi.

O’ta va surunkali charchash farq qiladi. O’ta charchash zo’r berib jismoniy mehnat qilish natijasida ro’y beradi. Surunkali charchash turli funktsional tizimlar va butun tanadagi o’zgarishlarning oylar va yillar davomida to’liqtiklanmasligi bilan bog’liq.

charchoq

Charchash, uy sharoitida davolash

* Bo’yimodaron bargi sharbatini asal bilan ta’mga qarab aralashtirib, kuniga 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin bir choy qoshiqtsan 2-3 hafta ichiladi.

* Zubturumning maydalangan quruq bargidan 10 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab o’rab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin 2 osh qoshiqtsan 2-3 hafta davomida ichiladi.

* Dalachoy o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat o’rab damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan 2-3 hafta davomida ichiladi.

* Sachratqi o’ti, yalpiz va na’matakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Sachratqi va andiz ildizlaridan hamda mavrakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi va past olovda og’zi yopiqholda yarim soat qaynatiladi. Keyin to’rt qismga bo’lib, kun davomida ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Sachratqi ildizi, mavrak va na’matak mevasidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechkurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oddin 150 g dan ichiladi.

* Yong’oq mag’zi va mayizdan 400 g dan olib, maydalangan o’rik bargi bilan 200 g toza asal aralashtiriladi. Ovqat oldidan yarim yoki bir osh qoshiqtsan eyish tavsiya etiladi.

* Tizmagul, yalpiz va mavraqdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 150 g dan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Anor, behi, limon, oshqovoq, kashnich va otquloqtsan 200 g dan olinadi. Hammasining sharbatini qo’shib qaynatib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi. Ovqati: qo’y go’shti, tuxum, xamir, sariyog’, yong’oq mag’zidan — 200 g, qora kishmish, bodom mag’zi, pista mag’zidan 200 g dan olinadi. Hammasini qo’shib yanchib, qorong’i joyda saqlab, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan eyilsa, madorsizlikka shifo bo’ladi.

* Oqbosh karam me’da shirasi ajratmasini yaxshilashda, safroni haydashda foyda qiladi.

* Rozmarin o’tidan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 50 g dan ichiladi.

* Qupggoron (qiziltasma)ning maydalanganidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab o’rab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 1-2 osh qoshiqdan 2-3 hafta davomida ichiladi.

* Qushtoron o’ti va yalpizdan 100 g dan, na’matak mevasidan 150 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan bir soat oldin, 150 g dan keksa kishilar madorsizligida ichiladi.

charchoq

* Qushtoron, moychechak va yalpizdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kun davomida oz-ozdan keksa kishilar madorsizligida ichiladi.

* Qushtoron va yalpizdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Qoqio’tning maydalangan ildizidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan aroq yoki spirt quyib, 2 ha.fta saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 30 tomchidan 2-3 hafta davomida ichiladi.

* Odam darmonsizlanganida qoqio’tning yosh barglaridan salat tayyorlab iste’mol qilsa, quvvatbaxsh ta’sir ko’rsatadi. O’simlikning o’ziga xos o’tkir ta’mini yo’qotish uchun barglar avval yarim soat sho’r suvga solib qo’yiladi.

* Qirqbo’g’in o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab, o’rab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan oldin chorak stakandan 2-3 hafta davomida organizmni tozalash uchun iste’mol kdpinadi.

* Pashmak (qizilqono’t) o’tidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, biroz qaynatiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 0,3 stakandan 2-3 hafta davomida ichiladi.

* Sarimsoqtsan 400 g olib yuviladi va bo’tqa qilinadi. 24 dona limon sharbati bilan aralashtirib, shisha idishga solinadi va doka bilan og’zi o’rab yopiladi. Ishlatishdan oldin yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal bir choy qoshiqtsan, bir stakan qaynatilgan suvga qo’shib, ovqatdan oldin ichiladi. Bir-ikki haftadan keyin ishchanlik oshadi, uyqusirash yo’qoladi, bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi.

* Ertutning gullab turgan ustki qismidan 4-5 osh qoshig’i ustiga bir litr qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin 0,3 stakandan iste’mol qilinadi.

* Ertut, chernika bargi va na’matak mevasidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Ertut bargi, yalpiz va na’matak mevasidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Holdan toyish, ya’ni, barcha a’zolarning charchashi ko’p yurishdan bo’ladi. Buning davosi oson. Oyoq-qo’l tirnoqlariga har qanday yog’ bo’lsa hamki surtilsa, charchoqo’sha zahotiyoq barham topadi. Odam har tomonlama quvvatga to’ladi.

* Boshqa bir davosi: Yozda kishi sovuq suvga, qishda issiq suvga tushib, oyoq barmoqlaridan to tizzasigacha uqalasin, lekin boshqa a’zolariga suv quymasin, shunda charchoq tarqaladi.

* Andiz ildizidan 100 g olib, ustiga yarim litr o’tkir vinodan quyiladi va 10 kun iliq va qorong’i joyda saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqlan ichiladi.

* Andiz ildizini tolqon qilib, kuniga 3 mahal bir g dan, ovqatdan oldin suv bilan madorsizlikda iste’mol qilinadi.

* Jenshenning yanchilgan ildiziga 70 foizli spirtdan 1:10 nisbatda qo’shib, kuniga 2-3 mahal 15-30 tomchidan ovqatdan oldin iste’mol qilinadi. Davolanish muddati 30-40 kun, keyin 2-3 hafta tanaffus qilinadi. Muolaja jami 3 marta amalga oshiriladi.

* Jenshen ildizi 1:10 nisbatda qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Bir choy qoshiqlan ichiladi.

* Jenshen ildizi tolqonidan kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin 0,3 g iste’mol qilinadi. Davolanish muddati 30-40 kun, keyin 2-3 hafta tanaffus qilinadi. Muolaja jami 3 marta amalga oshiriladi.

* Tizmagul , na’matak mevasi va gazanda o’tidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv kuyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Mavrak (marmarak) o’tining ho’lidan 100 g olib, ustiga yarim litr o’tkir oq vino quyiladi, iliq va qorong’i joyda 10 kun saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3 mahal 50 g dan ichiladi.

* Na’matak mevasidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 150 g dan ichiladi.

* Tez-tez kasal bo’ladigan kishilar, keksalar, ayniqsa yosh bolalar na’matak mevasidan tayyorlangan qaynatmaga, ta’bga qarab asal aralashtirib ichsa, yaxshi natija beradi.

charchoq

* Na’matakning quritilgan va maydalangan mevasidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi va bir kecha issiqjoyda saqlanadi. Suzib olib, kun davomida ichiladi. Organizmni umumiy mustahkamlashda, jigar, o’t yo’llari, gastrit va ateroskleroz kabi turli kasalliklarning oldini olishda, darmondori sifatida asal bilan iste’mol qilinsa, katta ahamiyatga ega. Na’matak mevasi odamning mehnat qobiliyatini oshirib, horg’inlik va madorsizlikni yozadi. Unda S darmondorisi yaxshi saqlanishi sababli, damlama ko’pincha quyidagicha tayyorlanadi. Na’matakning ezilgan mevasidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, 8-12 soat iliqjoyda saqlanadi. Suzib olib, choy kabi ichiladi.

* Shuvoqning ho’l ildizidan 100 g olib, ustiga yarim litr oqo’tkir vino quyiladi va 10 kun saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3 mahal 50 g dan iste’mol qilinadi.

* Budra o’tidan bir osh qoshigini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 50 g dan ichiladi.

* Aloy bargidan 50 g ni maydalab, ustiga yarim litr o’tkir oq vino quyiladi. 10 kun iliq va qorong’i joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Io’ng’ichqa o’tidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, to’rtga bo’lib kuniga 4 mahal ovqatdan bir soat odtsin, 150 g dan ichiladi.

* Gilos bargi, dalachoy va ertut bargidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan ichiladi.

* Ertut, gilos bargi va dalachoydan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan ichiladi.

* Qiziltasma (qushtoron), moychechak va yalpizdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kun davomida keksalar madorsizligida oz-ozdan ichiladi.

* Buyrak, jigar, xafaqon xastaliklari, tuz yig’ilganda, qabziyat va ko’z xiralashganda sabzi yaxshi foyda qiladi.

* Sabzi sharbatini ichib turish tana a’zolarining yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshiradi.

* Kddimdan anjirdan darmonsizlikda foydalanilgan. Yanchilganidan 400 g olib, 4 litr suvda 15 daqiqa qaynatiladi va ovqatdan oldin 3 mahal 100 g dan ichiladi.

* Mavrak va moychechakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Bir dona limonni qaynab turgan suvga 1-2 daqiqa solgach, go’shtqiymalagichdan o’tkazib yoki qirg’ichdan po’chog’i bilan o’tkazib, choy bilan iste’mol qilinadi.

* Bahorgi lohaslikni qoldirishda limon bo’lakchalariga po’chog’i aralash shakar sepib iste’mol qilinsa, yaxshi foyda qiladi.

* Sulining gullab turgan yuqori qismidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi.

* Sulidan bir stakan olib, sovuq suvda yaxshilab yuviladi, ustiga 5 stakan sovuq suv quyib, past olovda suvi yarimlaguncha qaynatiladi. Suzib olib, teng miqdorda sut va 4 choy qoshiq asal qo’shiladi. Keyin yana qaynatiladi. Tayyor bo’lgan ichimlikdan og’ir kasallikni davolashda, qariliq, madorsizlikda organizmni mustahkamlash uchun ichiladi.

* 5 stakan suvga bir stakan sulini solib, qaynoq kisel holiga keltiriladi. Suzib olib, teng miqtsorda qaynoq sut qo’shib, sovitiladi. 4-5 osh qoshiq asal qo’shib, kuniga 3-4 mahal yarim va chorak stakandan iste’mol qilinadi.

* Suli donidan bir qism olib, ustiga 3 qism suv quyiladi va bir kun qo’yiladi. Damlama sovitgichda saqlanadi va kuniga 3-4 mahal chorak stakandan ovqatdan oldin ichiladi.

* Sirli idishga 3 donadan o’rik, anjir, bir osh qoshiq mayiz, 2 donadan olma va limon solib, usti yopiladigan darajada suv quyiladi. 5-10 daqiqa past olovda qaynatilgach, nonushtada iste’mol qilinadi.

* Bir dona tuxumning sarig’idan olib, ustiga limon yoki apelsin sharbati quyiladi. Bir choy qoshiqtoza asal qo’shib, nonushtada iste’mol qilinadi.

* Bug’doy, so’li va arpadan teng miqdorda olib, qahvamaydalagichdan o’tkaziladi. Unga bir stakan iliq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, asal bilan kamqonlikda, madorsizlikda ichiladi.

* Madori qurigan kishi cho’rtan baliq sho’rvasini iste’mol qilishi lozim. Uning tarkibida natriy va fosfor moddalari ko’pligi organizmga kuch-quvvat baxsh etadi.

* Anor, behi, olma, limon, oshqovoq, nilufar, kashnich va otquloqdan teng miqtsorda olib qaynatiladi. Quyuq sharbatidan har kuni bir osh qoshiqdan och qoringa iste’mol qilib yurilsa, kishi tezda o’zini bardam sezib, darmonsizlik, madorsizlik holati yo’qoladi.

* Madorsizlik odam organizmida V2 darmondorisi kamayib ketganda yuzaga keladi. Demak unga boy ne’matlar iste’mol qilish zarur, bu esa qo’y go’shti, tuxum, xamirturushda ko’p bo’ladi.

* Gazanda o’tining may oyidagisidan 200 g olib, ustiga yarim litr aroq yoki 50- 60 foizli spirt quyiladi. Shisha og’ziga doka yoki latga o’rab 8 kun qorong’i va issiq joyda saqpanadi. Suzib olib, kuniga bir choy qoshiqtsan nahorda ovqatdan yarim oat oldin va kechqurun uyqu oldidan bir choy qoshiq ichiladi. Kishida tetiklik paydo bo’ladi, yurak faoliyati va qon tarkibi yaxshilanadi, harakatlar ancha engillashadi.

* Bug’doy yoki javdar kepagidan to’la bir osh qoshiq olib, ustiga 2 stakan suv quyiladi va 30 daqiqa aralashtirib qaynatiladi. Bir osh qoshiq asal qo’shib, kuniga 3-4 mahal iliq holda 50 g dan iste’mol qilinadi. Bu taom madorsiz, og’ir kasallar va keksa kishilar uchun kuch baxt etib, yaxshi quvvat beradi.

* Xalqtabobatida do’lana kishi toliqqanda, uyqusizlikda, yurak atrofida og’riq paydo bo’lganda tavsiya etiladi. Buning uchun 100 g do’lananing urug’i olinib, kechkurun ustiga 2 stakan sovuqsuv quyiladi. Ertalab bir oz qaynatib, suzib olib, kuniga 1-2 stakandan bir oy davomida ichiladi.

* Turp, lavlagi va sabzi sharbatlaridan teng miqdorda olib, qora shisha idishga solinadi. Og’zi yaxshi yopilgach, ustidan xamir yopishtiriladi va 3 soat duxovkaga qo’yiladi. Aralashmadan kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan ovqatdan oldin iste’mol qilinsa, darmonsizlikka davo bo’ladi. Bu muolajani 3 oy davom etgirish darkor.

* Inson organizmida Vg darmondorisi kamayib ketsa, uning o’rnini to’ldirish uchun ko’proq qo’y go’shti, tuxum, xamirturushli taomlar, donli ekinlar, yong’oq, ismaloq, pomidor, ko’k no’xat, ko’k piyoz va sabzavotlarni ko’proq iste’mol qilish kerak.

* O’rdak go’shtini qovurib, ko’p eb turilsa, kuch-quvvatni oshiradi.

* Kamquvvat kishi uzun murch tolqonidan kuniga 3 mahal 2 g dan 10 kun davomida iste’mol qilsa, quvvatini oshiradi, qornida yig’ilgan elni haydaydi.

* Choy kishi aqpiy va jismoniy jihatdan charchaganida umumiy quvvat beradi, tetiklashtiradi, ish qobiliyatini oshirib, yurak ishini kuchaytiradi, bosh miya, yurak, jigar va buyrak tomirlarini kengaytiradi. Zahar kuchini kesadi, mikroblarga qarshi yaxshi ta’sir ko’rsatadi, chanqoqni yaxshi bosadi.

(Visited 774 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!