BUYRAK davolash

BUYRAK BODIDA
Buyrak bodidan aziyat chekkan odam tuz yoki kepak qizdirib bossa, xastalikdan qutiladi.
BUYRAK YoG’INI MUSTAHKAMLAShDA
Oq tut buyrak yog’ini mustahkamlashda eng yaxshi davodir.
BUYRAKNI SEMIRTIRIShDA
Yong’oq mag’zi bilan asaldan murabbo tayyorlab, eb yurilsa, buyrakni semirtiradi.
BUYRAK TOShIDA

Sarimsoqni suvda pishirib, turp urug’iga qo’shib egan kishida buyrak toshidan asar ham qolmaydi.
BUYRAK XASTALIKLARIDA
Buyrak xastaliklari shamollash, zaharlanish, tosh yig’ilishi, shuningdek, tez-tez peshobni bzlnatmasdan qovuqni muntazam to’ldirib yurishdan ham kelib chiqadi.
Buyrak xastaliklariga qarshi davo sifatida loviyadan foydalaniladi. Bunda bir siqim loviyaga 1 stakan suv qo’shib, yarim soat davomida qaynatiladi. Har kuni 3 mahal ovqatdan oldin 100-150 grammdan ichib turiladi.
BUYRAK ShIShIDA
Sarimsoqpiyoz sirka bilan qo’shib eyilsa, buyrakdagi shish yo’qoladi.

BUYRAK YaRASIDA
Har kuni 2-3 grammdan zig’ir urug’ini yanchib, eb 1 yursangiz, buyrak yarasi va jarohatlaridan forig’ bo’lasiz.
BUYRAK QUMINI TUShIRIShDA
•    100 gramm tomirli barra petrushka va bir dona
selderey tomirini maydalab to’g’rab, unga 100 gramm toza asal va 1 litr suv qo’shiladi, so’ngra past olovda qaynaguncha aralashtiriladi, so’ng uch kun tindirib qo’yiladi. So’nggi 1 litr suv qo’shib qaynatiladi va sovutmasdan turib dokadan suziladi. Tayyor bo’lgan ichimlik 3 oshqoshiqdan ovqatdan oldin ichib turilsa, buyrakdagi qumni tushiradi.
BURUN QONAShIDA
Burun qonashi — burun lat eyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi; organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari burun qonashiga sabab bo’ladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi organlar kayoallanganda, qon bosimi oshganda, ba’zan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi o’zgarganda, shilliq pardaga uzoq vaqt kimyoviy moddalar ta’sir etganda, jazirama issiqda ham burun qonashi mumkin. Qon ba’zan tashqariga chiqmay, halqumga qarab oqadi va bemor yutib yuboradi. Bunda birdan qon qusish burun qonayotganining aniq belgisi hisoblanadi. Ba’zan qizilo’ngach yoki me’dadan kelayotgan qon ham burundan qon ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
Kashnich o’simligining shifobaxshligi shundaki, uning burishtirish xususiyati kuchli. Yangi uzib olingan kashnich burun qonashini to’xtatadi.
BURUNDAN QON VA YIRING OQSA
Agar burunga yara chiqib, undan qon va yiring oqsa, xalila, za’faronni tovuq yog’iga qo’shib surkash yordam beradi.
BURUN IChI QURIB KETSA
Agar burun ichi qurib ketsa, semizo’tni siqib, uning sharbatiga bodom yog’i aralashtiriladi va peshonaga surtish tavsiya etiladi.

(Visited 1 023 times, 8 visits today)

Related posts