Bitta opish 1000 so`m qizlar

Bitta opish 1000 so`m qizlar

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – falokat masalasidir”, degan edi o’tgan asrning boshlarida millatning buyuk daholaridan biri, pedagog Abdulla Avloniy. Bugungi kun o’zbek qizlarining yurish-turishi, kiyinishi, gap-so’zi va odob-axloqi xususida mulohaza qilinsa, yuqoridagi xitobning nechog’lik haq ekaniga ishonch hosil qilish mumkin.

“Qiz bolangni xuddi hamyoningni asragandek asra”
Chindan ham, bugungi kun qizlarining yurish-turishi, qiliqlari tarbiyali kishilarning g’ashiga tegadi.


– Shahrimizdagi maktablardan birining yonidan o’tib ketayotsam, o’smir qizchalar gap otishdi, – deydi bir hamkasbim ensasi qotib. – Nima deyishimni bilmay qoldim, ularning qilig’idan xijolat chekdim. Indamaganimga yarasha, yana nimalarnidir javragancha gurrilab kulishdi ham. O’rnimda boshqa birov bo’lsa, qattiqroq gapirarmidi. Qizlarga nima bo’lyapti o’zi, ularning ota-onasi bormi? Ota-onalar qizlarining ahvolini ko’rishmayaptimi, hayronman…
Oilada ota o’rni bo’lmasa…
– Fikrimcha, beparda gap-so’zli, ko’zida hayosi yo’q qizlar ko’payayotganiga oilada erkak, otaning o’rni tushib borayotgani sabab bo’lyapti, – deydi Yunusobod tumani 240-umumiy o’rta ta’lim maktabining direktor o’rinbosari Shahlo Murodova, maqolada ko’tarilgan muammo yuzasidan munosabatini bildirar ekan. – Ota uch-to’rt yillab xorijda ishlab yuradi, ona ham tirikchilik dardida. Qiz bola odob-axloq, andisha, sharqona tarbiyani qaerdan o’rgansin?! Kitob o’qimasa, tarbiyaviy ahamiyatga ega gazeta-jurnallarni kuzatmasa, ko’radigani kabel tarmoqli televizordan xorijiy kino, klip va seriallar.

Muallimaning iztiroblarida jon bor. Darhaqiqat, go’dak qizalog’imizga kalta, engsiz ko’ylakchalarni kiydiramiz, jajji, oppoq oyoqchalarini, do’mboq qo’lchalarini hammaga ko’z-ko’z etib yurishini ular juda kichkinaligidan boshlab o’zimiz bilmagan holatda o’rgatib boramiz. Keyin ulg’aygani sari, shortik kiysa, engu yoqasi yo’q, allambalo iplarni bo’ynidan o’tkazib yursa, “dod-voy” qilib qolamiz. Zamonadan noligan odamlarni ko’rsam, to’g’risi, jahlim chiqadi. Zamon emas, biz o’zgarganmiz. O’zimiz farzandlarimizni hali bolaliklaridayoq ulg’aytirib qo’yyapmiz. Muddatidan avval katta bo’lib, bizga aql o’rgatishga tushgan bolalarimizning fe’l-atvorini esa qabul qilolmay, yana o’zimiz fig’oni falak bo’lib yuramiz.

“Bugungi qizlarining taqdiridan tashvishdaman…”
– deydi, ish joyini sir tutishimizni iltimos qilgan yana bir kollej o’qituvchisi. – Bu masalaga chuqurroq ahamiyat qaratish kerak! Men ishlaydigan joyda talabalarning to’qson foizini qizlar tashkil etadi. Hozirgi qizlarning kiyinishi, pardozi, muomalasi, hayotga bo’lgan qarashi, odob-axloqi ularning kelajagidan xavotirga tushishga majbur qiladi kishini. Ikki yildan beri qaynim va ukamga kelin qidiramiz.

 

“Yigitimdan qo’lingni tort!”
Bundan uch-to’rt yil avval ukamning qo’l telefonidan nomerimni topib olgan bir qiz, har kuni yuzta xabar yozib, “Yigitimdan uzoq yur”, “Yigitimni tinch qo’y” deb rosa shallaqilik qilgan edi. O’shanda ukam vaziyatni oydinlashtirib, qizga, “Sen o’zingcha meni mulkingga aylantirib, yigiting qildingmi?! Men jonsiz qo’g’irchoq emasman, birovga tegishli bo’lsam, ayniqsa senga o’xshagan sharmandalarning hech qachon yigiti bo’lmayman. Sen bilan shunchaki salom-alik qilganimga ham or qilaman”, degan edi. Oradan shuncha vaqt o’tib, oliy o’quv yurtlarining talabalari qolib, kollej, hattoki maktab o’quvchi qizlarining yurish-turishi kishini nafaqat o’yga, balki qop-qora tashvishga qo’yadigan bo’ldi.

 

 

 

(Visited 1 088 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!