BIRINChI ShIFOKOR – QUYoSh NURI

BIRINChI ShIFOKOR – QUYoSh NURI
Bu shifokorning mutaxassisligi gelioterapiya, ya’ni quyosh nurlari bilan davolashdan iborat.
Har bir giyohning mo’’jazgina yaprog’i, har bir uzum novda- si, daraxt, buta, gul, meva va sabzavot o’z hayoti manbaini quyosh energiyasidan oladi.

 

Agar quyoshning sehrli nurlari yoritmaganda ona-Erimiz abadiy zulmat bilan o’ralgan va mavjudotsiz sovuq sayyora bo’lardi. Ammo quyosh bizga faqat yorug’lik berib qolmaydi, quyosh energiyasi inson energiyasiga aylanadi. Inson o’z sog’lig’ini yaxshilashi va hayotini quyosh nurlari ta’sirida uzaytirishi mumkin.

 

Quyosh ta’siridan bahramand bo’lmagan kishilarning yuzi esa har doim rangpar. Bizning terimiz oftobda engil qoraygan bo’lishi kerak. Juda ko’p xastaliklar quyoshdan etarli darajada bahramand bo’lmasligimiz- dan kelib chiqadi. Quyosh nurlari bu – qudratli bakteriatsid, ya’ni mikroorganizmlarni yo’qotish vositasi hisoblanadi. Inson terisi quyosh nurlarini o’ziga qancha ko’p singdirsa, bakteriatsidlik energiyasini shu qadar ko’p g’amlab oladi.

 

Qachonki yangi meva va sabzavot iste’mol qilar ekanmiz, biz qonimizga o’simliklarni o’zlashtiramiz, nega deganda, yashil o’simliklardagi xlorofill moddasi quyosh energiyasiga to’yingan bo’ladi. Boshqacha aytganda, inson organizmi uchun eng boy va foydali ozuqa bo’lgan xlorofill – o’simlik tarkibidagi quyosh energiyasining bir qismi hisoblanadi.

Yashil o’simliklar quyosh energiyasini to’plash, uni odamlar va tirik mavjudotlarga uzatish xususiyatiga ega. Agar siz tez-tez quyosh nurlaridan bahra olsangiz, bundan tashqari, ratsioningizning 60 foizi sabzavot va mevalardan tashkil topsa, shak-shubhasiz a’lo darajadagi sog’lioda ega bo’lasiz. Ammo ushbu odamni tetik qiladigan dorini dastavval kichik hajmda qabul qilish kerak, nega deganda, quyoshga zoriqqan tana uning katta hajmdagi nurlariga tayyor emas.

Siz qachonki ilk bor quyosh vannasini qabul qilar ekansiz, unda 5-10 daqiqalik qisqa davrdan boshlang. Quyosh vannasini qabul qilishning eng yaxshi vaqti bu — er ga tong payti. Albatta, quyosh vannasini tushdan so’ng olish ham ma’n qilinmaydi. Ammo erta tongdagi quyosh nurlari eng foydali xususiyatlarga ega. Kunning soat 11-15 laridagi quyosh nurlari eng issih va radiatsiyaga boy bo’ladi.

Asta-sekin xom sabzavot va mevalarga o’tish kerak. Suvda pishgan ovqatlarga o’rgangan kishida katta miqdordagi sab- zavot va mevalar kutilmagan ta’sirlar uyg’otishi mumkin. Odatdagi parhezning hamma oziq-ovqat mahsulotlariga quyosh nurlarini qo’sqish oqilona ish bo’ladi.

Agar tashqari va ichki tomondan qabul qilingan quyosh energiyasining miqdori oshib ketsa, u kishi organizmiga yomon ta’sir qiladi. Mutlaqo asta-sekinlik tamoyiliga amal qilish kerak. Shu o’rinda men o’z tajribamni baham ko’rmohchiman.
16 yoshga kirganimda sil xastaligi tufayli o’lar holatta kelgandim. AQShning mashqur shifokorlari menga shunday dey- ishardi: “Umid holmadi”, “Davosi yo’q”. Ammo men o’sha paytda quyosh nurlari bilan davolash bo’yicha ulkan obro’-e’tibor hozon- gan Shveytsariyaning Lozanna shahrida istiqomat qiluvchi doktor Avgust Rolle ho’liga tushdim. Yuksak Alp tog’larida men o’zimning zaif tanamni shifobaxsh quyosh nurlariga tutdim.
Ikki yildan so’ng o’limga mahkum odam hayotni sevuvchi va kuchli insonga aylandi. Hozir ushbu satrlarni qog’ozga tushirar ekanman, o’zimni avvalgiday kuchli va sog’lom sezaman.
Mana shu o’tgan yillar davomida men tanam quyosh nurlarini uzluksiz qabul qilishini sinchkovlik bilan kuzatdim. Ular hayotimni asrab qolishdi. Mana shuning uchun ham men  Quyosh — muqaddas. Shu boisdan ham hozir men mamlakatning eng quyoshli shtati – Kaliforniyada yashayman.
Santa-Moniko tog’ining baland joyida chaylam bor. Men u erda tog’ quyoshidan bahra olaman. Bundan tashqari, cho’milishga ashaddiy ishqiboz man, shuning uchun ham qish va yoz faslining juda ko’p soatlarini Gavayi, Florida, Frantsiyaning Kann, Egay dengizining hator orollari, Krit va Kaprida o’tkazaman.

(Visited 1 176 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!