BEL OG’RIG’I davolash

BEL OG’RIG’IDA
Bel og’rig’i doimiy o’tirib ishlaydiganlarda, ish faoliyati davomida ko’p terlaydigan kishilarda, qariyalarda, ba’zan o’rta yoshdagi odamlarda uchraydi, yoshlarda esa organzmda tuz yig’ilgan hollarda kelib chiqadi.

Ko’pincha jismoniy harakat bilan kam shug’ullanuvchilar ham bel og’rig’iga uchraydilar.
Bundan tashqari, bel og’rig’i buyrak xastaliklari, qovuq shamollashida, siydik yo’llari va buyrakda tosh bo’lishi oqibatida ham yuz berishi mumkin.

Bel og’rig’ini davolashdan oldin xastalikning kelib chiqish sabablarini aniqlab olish zarur. Belning og’rishig’a sabab nimaligini (shamol- lashdanmi, siydik qopchasida (qovuqda) yoki buyrakda tosh borligidanmi) aniqlab olgandan so’nggina davolashga kirishish zarur.

Tabobatda bel og’rig’ini davolashda ko’p giyohlar qatorida bangidevona ham ishlatiladi. U yo’l yoqalarida, suv bo’ylarida, ekinzorlarda begona o’t sifatida o’sadi. Damlama uchun bangidevonaning bargi va mevasi olinadi. Salqin joyda quritilgan mevasi urug’idan ajratiladi va hovonchada yanchiladi. Hosil bo’lgan kukunidan 1 oshqoshiq olib, 1 stakan qaynoq suvda 10-15 daqiqa damlanadi, keyin shu damlamani doka yoki paxtaga shimdirib, bel og’rigan joyga 4-5 soat qo’yiladi.

(Visited 8 840 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!