ASABNI TINChLANTIRISh davolash

ASABNI TINChLANTIRIShDA
Insonlar organizmida ko’plab uchraydigan kasalliklarning ba’zilari asab sistemasining ish faoliyatiga bog’liq. Inson tanasi charchaganda, uyqusizlik holatlari ro’y berganda hamda asab sistemasiga turli salbiy ta’sirlar bo’lganda bir qator kasalliklar kelib chiqadi, ya’ni arteriosklerioz, miya faoliyati yomonlashishi, ishtaha buzilishi, tez-tez toliqish, shamollash va boshqa xastaliklar.

Ma’lumki, bosh miya faoliyati ichki organlarga ta’sir etib turadi. Ayniqsa, g’am-anduhga moyil kishilar doimo yurak bezovtalanishidan, yurak atrofida og’riq paydo bo’lishidan shikoyat qilishadi. Bir og’iz noo’rin so’z asabiy kishilarga tez ta’sir etib, odam o’zini darhol yomon seza boshlaydi, titrab ketadi, xotirasi susayadi, aytadigan so’zini esidan chiqarib qo’yadi.

Shu bilan birga, ichki organlar faoliyati buziladi, qonda qand miqdori oshibketadi, og’iz quriydi, darmonsizlik paydo bo’ladi. Shu va shunga o’xshash bir qancha o’zgarishlar ro’y beradi.
Unutmaslik kerakki, kishi tashqi muhitdagi yomon ta’sirga qanchalik sezgir bo’lsa, organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan chidami shunchalik pasayib ketadi. Natijada kishi turli kasalliklarga tez chalinadigan bo’lib qoladi.

Ba’zan ob-havo, quyosh nuri, issiqlik, sovuqlik, har xil ranglar, shovqin-suron va hokazolar ham asab torlarini taranglashtirib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi. Ana shu og’ir holatdan chiqib, inson o’zini tiklab olishi uchun ikki hafta, ayrim kishilarga esa bir oy zarur bo’ladi.

Ismaloq bargining qaynatmasi asab sistemasi buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib turiladi. Qaynatmani tayyorlash uchun 1 oshqoshiq barg uqalanmasi olinadi, 200 gramm suvda 10 daqiqa qaynatiladi, keyin 1 soat davomida tindirib qo’yiladi. So’ng dokada suzib, sharbatidan yarim piyoladan kuniga 3 mahal ichiladi.

(Visited 5 097 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!