ALLERGIYA davolash

ALLERGIYaDA
Allergiyaning boshqacha nomi — bezillash. Allergiya yunonchadan olingan bo’lib, «boshqa, o’zga, begona» ma’nolariga ega. Allergenlar deb ataluvchi ba’zi omillar (kimyoviy moddalar, mikroblar va ularning hayot faoliyatvda hosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar) organizmning o’ta sezuvchan bo’lishi allergiyani keltirib chiqaradi.

Allergiya kasalligining keng tarqalgan turlaridan biri uy-ro’zg’or allergenlaridir. Bular orasida uy changi — gilam, kiyim-kechak, ko’rpa-to’shaklar changi, zax uy devorvda bo’ladigan mog’orlar, qandala, suvarak singari hashoratlar, hayvon junlari va boshqa iflos narsalar allergiya kasaliga sabab bo’ladi. Ba’zan kir yuvish kukunlari ham allergiyaga sabab bo’lishi mumkin.
Mevali daraxtlar yoppasiga gullaganda havoda ortiqcha gul changi ko’payadi. Bu nafas yo’llari orqali inson organizmiga ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni allergiya bonshanadi. Dastlab bu tumov shaklvda bo’lib, bosh og’rig’i paydo qiladi.
Eng og’ir o’tadigan allergiya kasalligi turi dori allergiyasi hisoblanady. U bir necha xil bo’ladi. Kvinki
shishi, anafilaktik shok, eshakemi, zardob kasalligi, allergik dermatitlar shular jumlasidan. Antibiotiklar va og’riq ketkazadigan boshqa dorilar doimiy va me’yoridan ko’p iste’mol qilinganida inson organizmida samara bermaydi, aksincha, organizm uchun xavf tug’dirib, dori allergiyasini keltirib chiqaradi.
Abu Ali ibn Sino allergiya kasalligini davolashda yalpiz qaynatmasini anjir bilan birga aralashtirib iste’mol qylishni buyurgan. Ayniqsa, tog’ yalpizi ishlatilsa, bu kuchli ta’sir etadi.

(Visited 946 times, 1 visits today)

Related posts